O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan «Women in Tech CCA Awards» mukofotiga arizalar qabul qilinmoqda

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkaziladigan «Women in Tech CCA Awards» mukofotiga arizalar qabul qilinmoqda

“Women in Tech” global hamjamiyati endi 3 yillik “Women in Tech CCA” (Kavkaz va Markaziy Osiyo) mukofotlari uchun arizalarni qabul qilmoqda. 2024 yilda taqdirlash marosimi O‘zbekistonda ilk bor bo‘lib o‘tadi va unga butun mintaqadan mehmonlar yig‘iladi.

Tashkilotchi haqida

“Women in Tech” – bu 56 dan ortiq mamlakatlarda va 250 000 dan ortiq a’zolari bo‘lgan xalqaro hamjamiyat. Hamjamiyat missiyasi: STEAM sohasida 5 million ayol va qizlarga yordam berish uchun UN Women doimiy hamkoridir.

Ketma-ket yettinchi yildirki, «Women in Tech» mukofot tashkilotchisi bo‘lib, dunyoning 7 mintaqasida Global mukofotlar va mintaqaviy mukofotlarni o‘z ichiga oladi.

2023 yilda Kavkaz va Markaziy Osiyo mintaqasi mukofotlarida 1000 dan ortiq nomzod, 45 finalchi va 9 nafar g‘olib ishtirok etdi.

Tadbir haqida:

  • Mukofot sanasi: 2024 yil 20 oktyabr
  • O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston, Toshkent
  • Ariza topshirishning oxirgi muddati: 2024 yil 31 iyul

Nominasiya toifalari:

🏆 Aspiring Teen Award

🏆 Most Disruptive Award

🏆 Best Ally Award

🏆 Most Impactful Initiative Award

🏆 Woman in Web3 Award

🏆 Tech Diplomacy Award

🏆 Greentech Start-Up Award

🏆 Global Leadership Award

🏆 Lifetime Achievement Award

Qanday qilib nomzod bo‘lish mumkin?

1) Rasmiy veb-saytda https://womenintech-awards.com/cca/ havolasi orqali Nominate’ni tanlang va 31 iyulgacha shaklni to‘ldiring.

2) Shaklni to‘ldirishda «Caucasus and Central Asia» mintaqasini va nominasiya uchun tegishli toifani tanlang.

3) Siz o‘zingizni yoki boshqa nomzodlarni ko‘rsatishingiz mumkin.

4) Mintaqaviy mukofot g‘oliblari global mukofotga nomzod bo‘lish huquqiga ega bo‘ladilar. Marosim noyabr oyida Bokuda bo‘lib o‘tadi.

Mukofotlarda ishtirok etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang va arizangizni 31 iyulgacha topshiring!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!