O‘zbekistonda gaz quvurlarining bir qismini boshqarish xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda gaz quvurlarining bir qismini boshqarish xususiy sektorga o‘tkaziladi

O‘zbekistonda tabiiy va suyultirilgan gazni iste’molchilarga yetkazib berish bo‘yicha monopoliyani bekor qilish va past bosimli gaz taqsimlash tarmoqlarini boshqarishga xususiy sektorni jalb qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 2024 yilgi davlat dasturida so‘z borgan.

Keltirilishicha, aprel oyining oxirigacha Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi, Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Adliya vazirliklariga tabiiy va suyultirilgan gaz taqsimlash tarmoqlarini xususiy sektorga o‘tkazish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash topshirildi.

Ishlab chiqilgan tartib asosida 2024−2025 yillarda xususiy sektorga o‘tkazish uchun “pilot” hududlarni aniqlash rejalashtirilgan.

Iyul oyi oxiriga qadar salohiyatli kompaniyalar bilan muzokaralar olib borish va ushbu hududlardagi gaz taqsimlash tarmoqlarini aniq shartlar asosida xususiy sektorga o‘tkazish belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!