O‘zbekistonda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingi e’lon qilindi

O‘zbekistonda davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar samaradorligi reyting baholashdan o‘tkazildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.

Baholash natijalariga ko‘ra, 62 ta davlat tashkilotining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholanib, ularning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratilgan:

12 ta tashkilot “yaxshi” – (81-100 ball);

30 ta tashkilot “qoniqarli” – (55-80 ball);

20 ta tashkilot “qoniqarsiz” – (55 balldan past).

Tahlil natijalari davlat tashkilotlari faoliyatidagi korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi “yaxshi” deya baholangan tashkilotlar ro‘yxatiga Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi boshchilik qilgan (93 ball). Undan keyingi o‘rinlari Ipoteka bank (93 ball), O‘zbekiston sanoat-qurilish banki (91 ball), “O‘zkimyosanoat” (89 ball) egallagan. Adliya vazirligi bo‘lsa 81 ball bilan ro‘yxatning 12-pog‘onasini band etgan.

“Qoniqarli” tashkilotlar ro‘yxatining eng yuqorisidan esa “O‘zbekneftgaz” va O‘rmon xo‘jaligi agentligi (80 balldan) o‘rin olgan. Buxoro viloyati hokimligi va Transport vazirligi mos ravishda 77 hamda 76 ball bilan keyingi o‘rinlarni band etgan.

Surxondaryo viloyati hokimligi (11 ball), Suv xo‘jaligi vazirligi (13 ball), Adijon viloyati hokimligi (18 ball) Energetika vazirligi (21 ball), Uzbekistan Airports (23 ball) bilan korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi “Qoniqarsizlar” ro‘yxatining oxirini egallagan.

Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash “E-Anticor.uz” elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Unda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha belgilangan 29 ta indikator asosida tegishli ma’lumotlar kiritiladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!