O‘zbekiston va Tojikistonda saraton kasalliklarini davolash metodologiyasini tadqiq etuvchi ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi

O‘zbekiston va Tojikistonda saraton kasalliklarini davolash metodologiyasini tadqiq etuvchi ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Tojikiston Respublikasi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi hamda Slovakiyaning "Shimko Grupp" korxonasi tomonidan tuzilgan innovasion texgnologiyalar transferi to‘g‘risidagi memorandum doirasida joriy yilning 10 mart kuni Dushanbe shahrida DB Biotexnologiya (Slovakiya-O‘zbekiston) laboratoriyasining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi. Mazkur laboratoriyada saraton kasalligini molekulyar tashxislash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib boriladi, Slovakiyadan innovasion texnologiyalar transferining amalga oshirilishi esa ikki davlat milliy tibbiyotining rivojlanishiga xizmat qiladi.

Tadbirda davlat va xususiy davolash-profilaktika muassasalarining onkolog-shifokorlari, tegishli mutaxassisliklar mutaxassislari, Tojikiston va O‘zbekistonning yetakchi institutlarining ilmiy xodimlari ishtirok etdilar. laboratoriya binosining tantanali ochilishi Tojikistondagi eng yirik saraton kasalliklari ilmiy markazi hududida bo‘lib o‘tdi, shuningdek Abu Ali ibn Sino nomidagi Tojikiston davlat tibbiyot universitetida ilmiy konferensiya tashkil etildi.

O‘zbekiston va Tojikistonda saraton kasalliklarini davolash metodologiyasini tadqiq etuvchi ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadiO‘zbekiston va Tojikistonda saraton kasalliklarini davolash metodologiyasini tadqiq etuvchi ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi

O‘zbekiston, Tojikiston, Slovakiya Respublikasi tibbiyot hamjamiyatining nufuzli olimlari, mutaxassislari , amaliyotchi-mutaxassislari konferenesiya ishida ishtirok etib, ilmiy ma’ruzalar bilan chiqishlar qildilar. O‘zbekiston, Tojikiston va Slovakiya olimlari onkologik kasalliklar diagnostikasining zamonaviy usullarini, O‘zbekiston va Tojikistonda qo‘shma ilmiy laboratoriyalarni rivojlantirish rejalari va istiqbollarini, tibbiyotni rivojlantirish sohasidagi xususiy va davlat tashabbuslari hamkorligini muhokama qildilar. Shuningdek yosh olimlar va talabalar bilan ishlash, ta’lim va amaliyotni yanada yaqinlashtirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.

O‘zbekiston va Tojikistonda saraton kasalliklarini davolash metodologiyasini tadqiq etuvchi ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadiO‘zbekiston va Tojikistonda saraton kasalliklarini davolash metodologiyasini tadqiq etuvchi ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi

O‘zbekiston va Tojikistonda saraton kasalliklarini davolash metodologiyasini tadqiq etuvchi ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi

O‘zbekiston va Tojikistonda DB Biotexnologiya laboratoriyalarining ochilishi o‘smalarning gistologik turini aniqlashda, saraton kasalligini differensial tashxislashda eng yuqori samaradorlik va aniqlikka erishishga imkon beradi, shuning uchun respublikalarning tibbiyot muassasalari uchun target terapiyani tanlashda va davolash natijalarini prognozlashda yordam beradi. Mazkur laboratoriyalar tarmog‘ining kengaytirishning muhim bosqichi milliy ilmiy-ishlab chiqarish bazasida onkologik va autoimmun kasalliklarni davolashda foydalaniladigan antitanachalarni ishlab chiqish bo‘ladi.

O‘zbekiston va Tojikistonda saraton kasalliklarini davolash metodologiyasini tadqiq etuvchi ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadiO‘zbekiston va Tojikistonda saraton kasalliklarini davolash metodologiyasini tadqiq etuvchi ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadiO‘zbekiston va Tojikistonda saraton kasalliklarini davolash metodologiyasini tadqiq etuvchi ilmiy laboratoriya faoliyat yuritadi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!