O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari MDH sammiti doirasida uchrashdilar

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari MDH sammiti doirasida uchrashdilar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14 oktyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining majlisi doirasida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Markaziy Osiyoda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar oliy darajada erishilgan, eng avvalo, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, sanoat, energetika, transport, infratuzilma, qishloq xo‘jaligi sohalarida ustuvor investisiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish zarurligini ta’kidladilar.

Shuningdek, mintaqaviy tuzilmalar, shu jumladan SHHT va MDH doirasidagi hamkorlikka oid masalalar muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!