O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Qatar Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon bin Jasim Ol Soniy bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

"O‘zbekiston va Qatar ikki tomonlama munosabatlarni strategik sheriklik maqomiga ko‘tarish orqali muhim qadam tashlaganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Bugun Toshkentda Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon bin Jasim Ol Soniy Janobi Oliylari bilan birgalikda Ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Bitimni imzoladik".

Eslatib o‘tamiz, 15 aprel kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.

Qatar delegasiyasi "Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi" muloqoti mamlakatlari tashqi ishlar vazirlarining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!