O‘zbekiston va Bangladesh o‘rasida havo qatnovlari to‘g‘risidagi bitimning yakuniy matni kelishildi

O‘zbekiston va Bangladesh o‘rasida havo qatnovlari to‘g‘risidagi bitimning yakuniy matni kelishildi


Avval xabar berilganidek, Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida ICAOning "ICAN-2023" tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir doirasida O‘zbekiston va Bangladesh aviasiya ma’muriyatlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki davlat o‘rasida havo qatnovlari to‘g‘risidagi bitimning yakuniy matni kelishildi. Unga ko‘ra muqaddam Bangladesh tomonidan O‘zbekiston aviakompaniyalaridan Bangladeshga parvozlarni amalga oshirish jarayonida har bir yo‘lovchi, yuk va bagajning har bir kilogrammi uchun undirib kelingan «royalti» to‘lovi bekor qilinishi nazarda tutilgan.

Ma’lumot uchun: O‘zbekistonning “Uzbekistan airways” aviakompaniyasi 1998 - yildan boshlab Toshkent – Dakka yo‘nalishida aviaqatnovlarni amalga oshirib kelgan, biroq 2007 - yilga kelib ushbu aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!