O‘zbekiston – Tojikiston: tibbiyot universitetlari o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston – Tojikiston: tibbiyot universitetlari o‘rtasida memorandum imzolandi

O‘zbekiston – Tojikiston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining II forumida Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev «Oliy tibbiy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlik va uni kengaytirish» mavzusida ma’ruza qilib, respublikamiz ta’lim tizimining rivojlanishida xalqaro hamkorlikning o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, professional ta’lim rivoji SamDTU hamda uning xalqaro hamkorlik dasturlari misolida namoyish qilindi.

Forum yalpi majlisi doirasida 50 dan ortiq bitimlar, memorandum hamda yo‘l xaritalari imzolandi.

Shu jumladan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizayev hamda «Abuali ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot universiteti» rektori Gulzoda Mahmadshoh Qurbonali ishtirokida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama memorandum imzolandi.

Memorandumga ko‘ra ikki oliy ta’lim muassasasi rektorlari o‘rtasida oliy va professional ta’lim jarayonlarida hamkorlik, akademik almashinuvlarni tashkil etish va birgalikdagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!