O‘zbekiston-Tojikiston biznes forumi sarhisobi e’lon qilindi

O‘zbekiston-Tojikiston biznes forumi sarhisobi e’lon qilindi

O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumida muzokaralar yakuniga ko‘ra, umumiy 133,2 million dollar miqdorida 58ta shartnoma va kelishuvlar imzolandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi matbuot-xizmati.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning O‘zbekistonda davlat tashrifi doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Tojikiston biznes-forumi va "Tojikistonda ishlab chiqarilgan" nomli ko‘rgazma bo‘lib o‘tgan edi.

Vazirlik ushbu biznes-forumda ikki davlatning 400dan ortiq tadbirkorlari ishtirok etganini ma’lum qilgan.

Muzokaralar yakuniga ko‘ra, umumiy 133,2 mln dollar miqdorida 58 ta shartnoma va kelishuvlar imzolandi. Ulardan 52tasi - umumiy 89,9 mln dollarga teng eksport shartnomalari, 3 tasi - 3,3 mln dollar hajmida import shartnomalari va qolgan 3tasi - moliyaviy hamkorlik bo‘yicha kelishuvlar (40 mln dollar). Jumladan, neft-gaz, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo, qurilish, farmasevtika, oziq-ovqat sanoatlari, moliya va boshqa sohalarga oid kelishuvlar imzolangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!