“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ishga kirish 2400 dollarmi?

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga ishga kirish 2400 dollarmi?

Joriy yilning 4 iyun kuni Qamashi tumani “Yangi” qishlog‘ida yashovchi K.J. Qashqadaryo viloyati IIB Transportda XTB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, murojaatida, Qamashi tumani Transport bo‘limida ishlovchi “Q.SH.” ismli shaxs “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Harbiylashtirilgan qo‘riqlash otryadiga ishga kirgizishni va’da qilib, evaziga 2.400 AQSh dollari so‘rayotganligini bildirgan.

Arizaga muvofiq tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan “Nazorat ostida olish” tezkor tadbirida shartli xaridor sifatida ishtirok etgan K.J.dan Qamashi temir yo‘l bekatining 77 kmda temir yo‘l kesishmasining yonida joylashgan “Hunarmand” savdo majmuasi atrofida 1965 y.t. Qamashi tumani Loyqasoy qishlog‘ida yashovchi Q.SH. oldindan kelishib olingan 2.400 AQSh dollari miqdorida pul va shartli xaridorga tegishli fuqarolik pasporti hamda harbiy guvohnomani olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan qo‘lga olingan va hujjatlashtirilgan.

Ushbu holat yuzasidan Transportda XTB tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2 - qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!