O‘zbekiston Respublikasidan noqonuniy ravishda olib chiqilgan noyob madaniy boyliklar qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasidan noqonuniy ravishda olib chiqilgan noyob madaniy boyliklar qaytarilmoqda

O‘zbekiston o‘zining boy madaniy-tarixiy merosi, noyob me’morchiligi, san’ati hamda ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan tarixiy va madaniy qadriyatlari bilan jozibalidir.

O‘zbekiston Respublikasidan noqonuniy ravishda olib chiqilgan noyob madaniy boyliklar qaytarilmoqda

Tarixiy va madaniy meros nafaqat o‘tmish, balki kelajakda ham madaniyat va mamlakat taraqiyoti uchun muhim manba hisoblanadi.

“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga asosan madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ma’lumki, bugun Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiya Hukumatlari rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Respublikasidan noqonuniy ravishda olib chiqilgan noyob madaniy boyliklar qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegasiya tarkibida Davlat bojxona qo‘mitasi rahbariyati va DBQning mas’ul sohaviy boshqarmalari vakillari ham bor.

Ushbu tadbirlar doirasida, Moskvada Federal bojxona xizmati hududida avval O‘zbekiston Respublikasi hududidan Rossiyaga noqonuniy olib chiqib ketilgan noyob madaniy boyliklarni Davlat bojxona qo‘mitasi vakillariga topshirish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda, DBQ Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari O.Mamajonov va Federal bojxona xizmati Bojxona hamkorligi boshqarmasining Yaqin xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Popov ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi uchun madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan 29 ta qo‘lyozmalar va 16 ta sopol buyumlar 2016 yilda qonunbuzar tomonidan yurtimizdan yashirincha olib chiqib ketilgan.

O‘zbekiston Respublikasidan noqonuniy ravishda olib chiqilgan noyob madaniy boyliklar qaytarilmoqda

Rossiya Federal bojxona xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan qo‘shma tadbirlar natijasiga ko‘ra aniqlangan buyumlardan 9 dona qo‘lyozma va kitoblar arab, fors va turkiy tillarda yozilgan diniy matnlar va she’riy asarlar bo‘lib, taxminan 1644-1880 yillar davrida yaratilganligi, 16 dona sopol buyumlardan 3 tasi esa o‘rta asrlar va yangi davrdagi ( XV-XVII asrlar) Samarqand kulolchilik maktabiga mansubligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasidan noqonuniy ravishda olib chiqilgan noyob madaniy boyliklar qaytarilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Badiiy ekspertiza boshqarmasining xulosasiga ko‘ra, “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni talablariga muvofiq ushbu buyumlar O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqilishi mumkin bo‘lmagan madaniy boyliklar toifasiga tegishli ekanligi aniqlandi.

Ta’kidlash joizki, madaniy boyliklarni qaytarish tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federasiyasi Hukumati o‘rtasida 1994 yil 15 aprelda imzolangan “Noqonuniy ravishda olib chiqilgan va olib kirilgan madaniy boyliklarni aniqlash va qaytarish bo‘yicha bojxona xizmatlarining hamkorligi to‘g‘risida”gi Bitim talablari doirasida amalga oshirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!