O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitidagi nutqi

Hurmatli Li Chje Myon Janobi Oliylari!

Hurmatli delegasiyalar rahbarlari!

Go‘zal Seul shahrida yana bir bor bo‘lib turganimdan g‘oyat mamnunman. Ushbu megapolisga tashrif buyurar ekanman, uning jadal taraqqiyoti va betakror qiyofasi meni har safar hayratga soladi.

Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon Janobi Oliylariga tarixdagi birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti yuksak darajada tashkil etilgani va samimiy mehmondo‘stlik uchun bildirilgan minnatdorlik so‘zlariga qo‘shilaman.

Ushbu noyob hamkorlik platformasining muhimligi haqida bildirilgan fikrlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman.

Koreya Respublikasi strategik jihatdan uzoqni ko‘zlab ish tuta olishini namoyish etgan holda, Markaziy Osiyo timsolida yaqin va o‘zaro manfaatli sheriklik uchun ulkan salohiyatni 2007 yildayoq birinchilardan bo‘lib ko‘rdi.

Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar teng huquqlilik va o‘zaro hurmat asosida barpo etilmoqda. Hamkorligimizning maqsadlari mutlaqo ochiq, pragmatik va bunyodkorlik xususiyatiga ega.

Biz Koreya tomonining mamlakatlarimizni sanoatlashtirish, infratuzilmani modernizasiya qilish va barqaror rivojlanish uchun mustahkam poydevor yaratishga qo‘shayotgan salmoqli hissasini samimiy qadrlaymiz.

Muhtaram Prezident Janoblari, O‘zbekiston Koreya yarimorolida tinchlik va barqarorlik o‘rnatish borasida olib borayotgan siyosatingizni qat’iy qo‘llab-quvvatlaydi.

Bizning mustahkam aloqalarimizning ildizlari uzoq asrlarga borib taqaladi. Ular Buyuk ipak yo‘lidagi karvon izlaridan boshlanadi. Ushbu mustahkam do‘stlik zamirida nafaqat o‘zaro manfaat, balki ma’naviy-axloqiy qardoshlik ham mujassam.

Keksa avlodga chuqur hurmat, halol mehnatni qadrlash, ona zaminga mehr va sadoqat kabi asosiy hayotiy qadriyatlar xalqlarimiz uchun birdek yaqindir.

Ko‘pmillatli Markaziy Osiyo oilasining ajralmas qismiga aylangan koreys diasporasi xalqlarimizning birdamligi va o‘zaro hurmat-ehtiromining yorqin ramzidir.

Hurmatli sammit ishtirokchilari!

Bizning bugungi kundagi asosiy vazifamiz faqat hamkorlik bo‘yicha erishilgan sur’atni saqlab qolish emas, balki bu muvaffaqiyatlarni yanada yuqori sifat bilan oldinga borishning poydevoriga aylantirishdan iborat.

Markaziy Osiyo jahon bozorlaridagi beqarorlikka qaramasdan, 6 foizdan ziyod o‘sish sur’atlarini namoyish etmoqda. Umumiy yalpi ichki mahsulot hajmi 500 milliard dollardan oshdi.

Sakson million nafardan ortiq aholiga ega bo‘lgan mamlakatlarimiz ishonch bilan Yevroosiyoning “barqarorlik mintaqasi” va “global bog‘liqlik markazi”ga aylanib bormoqda.

O‘z navbatida, Koreya Respublikasi zamonaviy texnologiyalar, innovasiya va ilm-fanga asoslangan ishlab chiqarish sohasida dunyodagi yetakchi davlatlardan biri hisoblanadi.

Ishonchim komilki, ushbu ikki qudratli salohiyatning qo‘shilishi biz uchun o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish borasida yangi ufqlar ochadi.

Hurmatli hamkasblar!

Bugun sizlar ilgari surgan barcha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlagan holda, men hamkorlikning beshta strategik yo‘nalishi bo‘yicha takliflarimizni bildirmoqchiman.

Birinchi yo‘nalish hamkorligimizni rejalashtirishning uzoq muddatli ufqlarini shakllantirishni qamrab oladi.

Bugungi zamonaviy dunyodagi global o‘zgarishlar sur’ati davlatlarning unga moslashish imkoniyatidan tobora ilgarilab ketmoqda. Sun’iy intellekt mehnat bozori va butun boshli sanoat tarmoqlarini o‘zgartirmoqda. Iqlim va suv bilan bog‘liq xavf-xatarlar kelgusi bir necha o‘n yilliklar uchun mo‘ljallangan yechimlarni ishlab chiqishni talab qiladi. Ta’lim, infratuzilma, texnologiya va inson kapitaliga nisbatan yangi talablar paydo bo‘lmoqda.

Bunday sharoitda voqealar rivojini chuqur anglash, taraqqiyot borasida paydo bo‘layotgan imkoniyatlarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni amalga oshirish uchun sharoit yaratish qobiliyati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Ana shu tahdidlarga javoban “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi: jadal rivojlanish yo‘lidagi hamkorlik” deb nomlangan uzoq muddatli konseptual qarashni ishlab chiqishni taklif qilamiz. Uning bosh maqsadi – kelajakda mamlakatlarimizga qanday kompetensiyalar, ishlab chiqarish quvvatlari, infratuzilma, kadrlar va mutaxassislar kerak bo‘lishini oldindan belgilab olishdir.

Ushbu hujjatdagi vazifalarni amalga oshirish uchun Jadal rivojlanish loyihalari portfelini shakllantirish muhim, deb hisoblaymiz. Unga mamlakatlarimiz uchun yangi o‘sish manbalari va uzoq muddatli imkoniyatlarni yaratishga qodir bo‘lgan, katta burilish yasaydigan tashabbuslar kiritilishi kerak.

Raqamli kelajak xavfsizligini ta’minlash masalasi ham umumiy e’tiborimiz markazida bo‘lishi lozim. Kibertahdidlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish mexanizmlarini yaratish borasida sa’y-harakatlarni birlashtirish o‘ta muhim, deb hisoblaymiz.

Bunday munosabatlar natijasida bizning hamkorligimiz yagona strategik yondashuv va ertangi kunimizning ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda barpo etiladi.

Ikkinchi soha bizning savdo-iqtisodiy va investisiyaviy imkoniyatlarimizni yagona biznes mantig‘i doirasida birlashtirishga qaratilgan.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo faqat xomashyo yetkazib beradigan mintaqa emas. Mamlakatlarimiz innovasion va texnologik hamkorlik uchun imkoniyatlarni kengaytirgan holda, qo‘shimcha qiymatning global zanjirlariga faol qo‘shilmoqda.

Bizning mintaqamiz savdo bo‘yicha xavf-xatar zonalaridan tashqarida joylashgan ishlab chiqarish maydonlariga ega ekani va mahsulotlarga talab tez o‘sib borayotgani bilan Koreya Respublikasi uchun Yevroosiyodagi almashtirib bo‘lmaydigan hamkorga aylanishi mumkin.

Biz sanoat va savdo vazirlari uchrashuvlari platformasini yaratish to‘g‘risidagi tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatlaymiz. Ushbu muvofiqlashtiruvchi mexanizmning ta’sis etilishi o‘zaro savdoni sezilarli darajada ko‘paytirish uchun birgalikda samarali yechimlarni topish imkonini beradi.

To‘siqlarni bartaraf etish, sertifikatlash bo‘yicha tartib-taomillarni va mahsulotlarning mahalliy savdo platformalariga o‘zaro kirib borishini soddalashtirish yuzasidan ta’sirchan chora-tadbirlarni ko‘rish muhimdir.

Aminmanki, ushbu qadamlar bizga ulkan, ammo to‘liq erishsa bo‘ladigan maqsadni amalga oshirish – 2030 yilga borib mintaqamiz mamlakatlarining Koreya bilan savdo aylanmasini 20 milliard dollarga yetkazish imkonini beradi.

Sanoat kooperasiyasi va investisiyaviy hamkorlikni kengaytirish doirasida O‘zbekistonda “Markaziy Osiyo – Koreya” sanoat-texnologiya parkini joylashtirishga tayyormiz. Ushbu park mintaqa bozori uchun innovasion ishlab chiqarish bazasi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Birgalikdagi sa’y-harakatlarni avtokomponentlar, elektrotexnika, mashinasozlik, farmasevtika va kimyo sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishga qaratish taklif etiladi.

Bundan tashqari, mamlakatlarimiz hududlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yishni iqtisodiy hamkorlikning muhim harakatlantiruvchi kuchi, deb hisoblaymiz.

Kelgusi yili Samarqandda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo va Koreya uchinchi hududlararo forumida barcha mamlakatlardan mahalliy hokimlik va biznes vakillarini ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz.

Uchinchi yo‘nalish nodir minerallar sohasidagi hamkorlikda yangi sahifa ochishga qaratilgan.

Bu yo‘nalish Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida strategik manfaatlarning noyob uyg‘unligini yaratadi. Ushbu qimmatbaho xomashyoga bo‘lgan talab tez o‘sib borayotgani va uning Markaziy Osiyodagi ulkan zaxiralarini hisobga olgan holda, mintaqa jahon bozorida yetakchi yetkazib beruvchilardan biriga aylanishga qodir. Bu borada Koreyaning ilg‘or texnologiyalari va kapitali hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin.

Shu munosabat bilan biz nodir minerallar bo‘yicha mintaqaviy investisiyaviy alyansni tashkil etishni taklif etamiz. Mazkur tashabbus mintaqada ishlab chiqarishning barcha bosqichlari – geologiya-qidiruv va qazib olishdan tortib, xomashyoni chuqur qayta ishlash hamda yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladigan yirik sanoat klasterlarini tashkil etishga qaratilgan.

Hamkorligimizning to‘rtinchi yo‘nalishi “yashil” taraqqiyot va iqlim o‘zgarishiga moslashish ehtiyojlaridan kelib chiqadi.

Koreya, Parij kelishuvi doirasida, xorijiy mamlakatlarda iqlimga oid loyihalarni amalga oshirishni maqsad qilgan, bizning mintaqamiz esa “yashil” investisiyalar uchun qulay sharoitlar yaratish va ishonchli platforma bo‘lishga tayyor.

Ushbu imkoniyatlarni birlashtirish maqsadida Markaziy Osiyo va Koreya o‘rtasida iqlim va uglerod hamkorligi bo‘yicha formatni ishga tushirishni taklif etamiz.

Biz iqlim, energetik o‘tish va havo sifati bo‘yicha qo‘shma tashabbusni olqishlaymiz. Umid qilamizki, bu Koreya texnologiyalari transferiga, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining davriy va kam uglerodli iqtisodiyotga muvaffaqiyatli o‘tishiga yordam beradi.

Beshinchi yo‘nalish fundamental ahamiyatga ega bo‘lib, yosh avlod salohiyatini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha birgalikda ishlashni nazarda tutadi.

Markaziy Osiyo – alohida demografik energiyaga ega bo‘lgan mintaqa bo‘lib, aholisining yarmidan ko‘pini 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Aynan yosh avlod mamlakatlarimizning raqobatbardoshligini belgilaydi.

Biz muhandislik, texnologiya va raqamli sohalardagi mutaxassislarga talab ortib borayotgan vaziyatga duch kelmoqdamiz.

Biz uchun yosh avlod kelgusida ilg‘or bilimlar, ko‘nikmalar va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniga ega bo‘lgan holda, zamonaviy texnologik iqtisodiyotning bir qismiga aylanishi juda muhimdir.

Shu munosabat bilan inson kapitalini rivojlantirish sohasida uzoq muddatli hamkorlikni shakllantirishni taklif etamiz. Bu hamkorlik “buyurtma – o‘qitish – bandlik” degan aniq tamoyilga asoslanishi kerak.

Biz istiqbolni Koreya biznesining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini mintaqamizning ta’lim sohasidagi salohiyati bilan bevosita bog‘lashda ko‘rmoqdamiz. Bunday yondashuv ko‘plab iste’dodli yoshlar uchun kasbiy rivojlanish uchun yo‘l ochadi va qo‘shma loyihalarimiz bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni kafolatlaydi.

Ayniqsa, sun’iy intellekt texnologiyalarini birgalikda ishlab chiqish va joriy etish, mintaqada keng qamrovli texnologik baza va ko‘nikmalarni yaratishda yoshlarning alohida o‘rni va roliga talab katta.

Prezident Li Chje Myon Janobi Oliylarining “O‘xshashi yo‘q Koreya” doktrinasini ushbu keng ko‘lamli jarayon uchun Markaziy Osiyodagi asosiy tayanch maydonlardan biriga aylantirishni taklif etamiz.

Qadrli do‘stlar!

Biz birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan hamkorligimizni kengaytira olamiz, uni yangi loyihalar bilan to‘ldirib, mavjud ulkan salohiyatdan mamlakatlarimiz va xalqlarimiz manfaatlari yo‘lida foydalana olamiz, deb ishonaman.

So‘zimning yakunida O‘zbekiston kelgusi yilda Koreya Respublikasi bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi va koreys diasporasining mintaqamizda yashay boshlaganining 90 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini eng yuqori darajada o‘tkazishga tayyor ekanini ta’kidlamoqchiman.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiyada bir hafta ichida kasallanganlar soni qariyb 1 millionga yetdi

COVID-19, грипп ва ОРВИ тўсатдан кенг тарқалмоқда.

10 yildan beri qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ISHIDchi, «Choyxona» rahbari AQShga ekstradisiya qilindi

2016 йилда АҚШдан Туркияга кетиб, қайтиб келмаган Ансарий 10 йилдан кейин Грузияда қўлга тушди ва 23 сентябрда АҚШга экстрадиция қилинди.

Netanyaxu nutqi paytida zalni tark etgan davlatlar ro‘yxati

Россия, Беларусь, Қозоғистон, Арманистон ва Озарбайжон бошқа давлатлар Нетаньяхуни тинглашда давом этган.

Mbappe: "Avval Ronaldu mening kumirim edi, endi esa..."

"Реал" ҳужумчиси Килиан Мбаппе Криштиану Роналду ҳақида фикр билдирди.

O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo keskin o‘zgaradi

Дам олиш кунлари Ўзбекистон бўйлаб ҳаво ҳароратининг пасайиши, ёмғир ёғиши ва момақалдироқ бўлиши кутилмоқда.

Zelenskiy yomon xabar oldi

Бу ҳақида АҚШ армиясининг истеъфодаги полковниги Даниел Дэвис “Х” ижтимоий тармоғида ёзган.

Tramp nihoyat Zelenskiyning qat’iy so‘roviga rozilik berdi

Бу ҳақда Украина етакчиси Владимир Зеленский маълум қилди.

Taftish.uz tahririyati va DXX xodimlariga hukm o‘qildi!

Шунингдек, таҳририятнинг яна икки нафар вакили ҳамда собиқ ДХХ ходимлари 10 йилдан ортиқ муддатларга озодликдан маҳрум қилинган.

Eron ustidan g‘alaba O‘zbekistonni FIFA reytingida yuqoriga ko‘tardi

Эрон устидан қозонилган ғалаба Ўзбекистон миллий терма жамоасига ФИФАнинг live-рейтингида ҳам фойда келтирди.

"Ukrainadan tashqari dunyoning boshqa hech bir joyida butun bir til taqiqlanmagan"

Агар 2015 йилги Минск келишувлари бажарилганида, Украина ҳозир Қримдан ташқари 1991 йилги чегараларида қолган бўлар эди.

Dunyoda atigi uch kishi xorijga pasportsiz sayohat qilishi mumkin

Дунёдаги деярли барча саёҳатчилар бошқа давлатга қонуний равишда бориш учун амалдаги хорижга чиқиш паспортига эга бўлиши керак.

Shahnoza Mirziyoyeva Musulmon Yunusovning murojaatiga munosabat bildirdi

Шаҳноза Мирзиёева фуқароларнинг мурожаат ва фикр-мулоҳазалари тизимдаги камчиликларни аниқлаш ва уларни бартараф этишда муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади.

«Vafot etgan» Bibimaryam tirik ekani tasdiqlandi — Face ID ishga tushdi

Бибимарямнинг сўзларига кўра, муаммо 2022 йилда, биринчи фарзандини дунёга келтирганидан кейин юзага келган. Унинг айтишича, туғруқхонада ҳужжатларни расмийлаштириш жараёнида чақалоқнинг ўлими ҳақидаги маълумотга онанинг ўлими ҳам қўшиб юборилган. Натижада у давлат базаларида вафот этган фуқаро сифатида қайд этилган.

Yaponiyada uyqu musobaqasi bo‘lib o‘tadi, unda g‘olib katta pul mukofotiga sazovor bo‘ladi

Бу ҳақда dexerto.com портали хабар берди.

Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt narxlari keskin oshdi

2026/2027 ўқув йили учун Тошкент давлат юридик университетида тўлов-контракт миқдорлари тасдиқланди.

Moskva Turkiyaning S-400 tizimlarini kimga berishi mumkinligini ma’lum qildi

Лавровнинг айтишича, С-400 тизимларини Туркия ҳудудидан ташқарига олиб чиқиш учун Россиянинг розилиги керак.

"Isroil 92 million aholiga ega mamlakatni taslim bo‘lishga majburlamoqchi"

Шунингдек, Пезешкиан Эрон ва Яман Саудия Арабистонидаги нефть қувурига қилинган ҳужумга алоқадор эмаслигини айтди.

Rossiya G‘arbda “O‘lik qo‘l” nomi bilan ma’lum bo‘lgan “Perimetr” yadroviy javob zarbasi dasturini qayta tikladi

Суриштирувчилар Россия ҳукуматининг ҳарбий харидлар ва қурилишларга оид миллионлаб ҳужжатларини ўрганиб чиқишди

1-oktyabrdan Toshkentda jamoat transportida yurish tariflari 2 baravarga qimmatlashadimi?

Нақд пулда чипта янада қимматроқ — 3 000 сўмга тушади

"Men sizning oldingizga keldim, lutf ko‘rsatdim”

Лавров деярли беш йил ичида илк бор Германия ташқи ишлар вазири билан учрашди.

Bog‘chada bolasi zo‘rlanishi ishi bo‘yicha tergovni Bosh prokuror shaxsan o‘z nazoratiga oldi

Ҳозирда бир нафар гумонланувчи шахс қамоққа олинган.

Uchqo‘rg‘on voqeasi bo‘yicha rasmiy bayonot berildi

Иш доирасида бир нафар шахсга нисбатан қамоққа олиш эҳтиёт чораси қўлланилган.

Trampning Si Szinpin bilan surati sun’iy intellekt yordamida tahrirlanganmi?

АҚШ президенти Дональд Трамп «Трут Сошиал» ижтимоий тармоғида Вашингтон яқинидаги Эндрюс ҳарбий-ҳаво базасида Хитой раҳбари Си Цзиньпин билан қизил гилам устида турган суратини жойлаштирди.

Shvesiya Rossiya bilan urush e’lon qildimi?

Швециялик таҳлилчи Ларс Берн Швеция Россияга қарши «ҳарбий истерия»да иштирок этаётган давлатлардан бирига айланганини айтди.

Tramp Eronning tinchlik taklifini rad etdi

АҚШ президенти Доналд Трамп Эроннинг Ҳўрмуз бўғозини қайта очиш ва минтақадаги жангларни етти кун ичида тўхтатишни назарда тутган тинчлик таклифини рад этди, дея хабар бермоқда нашр америкалик расмийларга таяниб.

Putin va Vuchich Ukraina va Bolqon masalalarini muhokama qildi

Россия президенти Владимир Путин ва Сербия раҳбари Александр Вучич телефон орқали суҳбатлашиб, икки томонлама ҳамкорлик, Украинадаги можаро ва Болқондаги вазиятни муҳокама қилди.

AQSh razvedkasi Saudiya Arabistoni yadroviy qurol yaratishidan xavotirda

АҚШ разведка ҳамжамияти Саудия Арабистони келажакда ядровий қурол ишлаб чиқариш имкониятини сақлаб қолаётгани ҳақида хулосага келган.

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Ҳурмуз бўғозидаги ўғит етказиб беришидаги узилишлар глобал озиқ-овқат таъминотига хавф туғдирмоқда.

Matbuot bilan qarama-qarshilik: CNN jurnalistiga Tramp bilan uchish taqiqlandi

Оқ уй CNN журналистининг АҚШ президенти Дональд Трамп билан Теннесси штатига учадиган «Эйр Форс Уан» самолётида бўлишига рухсат бермади.

O‘zbekistondagi barcha davlat bog‘chalari xodimlari tekshirilmoqda

Учқўрғондаги боғчадаги ҳолатдан сўнг барча давлат боғчалари текширилмоқда.

Toshkent viloyatida salkam 95 kg gashish giyohvandlik vositasi aniqlandi

Тергов ҳаракатлари давомида эса бу моддаларни яшириб кетилган жойдан олиб кетиш ҳақида топшириқ берган шахс ҳам аниқланиб, ушланди.

Namanganda jinsiy zo‘ravonlikka uchragan bog‘cha bolasi haqida tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslik so‘raldi

Болалар омбудсмани ижтимоий тармоқларда Учқўрғон туманида рўй берган ҳодиса бўйича турли асоссиз маълумотлар тарқалаётгани юзасидан баёнот берди.

Ukrainada Isroilga qaytayotgan 49 yoshli hasidiy yahudiy urushga safarbar qilindi

49 ёшли Йонатан Карлински-Машек Рош ха-Шана байрами муносабати билан Украинага келган ва Исроилга қайтиш учун чегарадан ўтаётганда Исроил паспортини кўрсатган.

Namanganda 5 yashar qizaloqqa jinsiy zo‘ravonlik qilinganligi yuzasidan rasmiy munosabat berildi

Болага қарши мазкур жинсий зўравонлик ҳолати юзасидан Наманган вилояти Учқўрғон тумани ИИБ Тергов бўлинмаси томонидан 12.09.2026-йилда ЖКнинг 118-моддаси 4-қисми, 112-моддаси 1-қисми билан жиноят иши қўзғатилган.

Qozog‘istonda o‘quv mashg‘ulotlari paytida 19 nafar harbiy Kaspiy dengiziga oqib ketdi

Қозоғистон Мудофаа вазирлиги қурбонлар оилаларига ҳамдардлик билдириб, уларга ёрдам кўрсатилишини маълум қилди.

Toshkentda maktab qo‘riqchisi 12 yoshli qizga shilqimlik qildi

Cуд ҳужжатига кўра, 23 ёшли Ш.Ж. мактабда шартнома асосида қўриқчи бўлиб ишлаган.

O‘zbekistonda 8 oyda 89 ta yirik narkojinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi

Ҳисобот даврида 15 та онлайн наркодўкон фаолиятига барҳам берилиб, ноқонуний савдо билан шуғулланган 1 минг 911 та интернет-ресурс блокланган

Qozog‘istonda 19 nafar harbiy Kaspiy dengiziga oqib ketdi

Қидирув-қутқарув операциясида Ҳарбий-денгиз кучлари, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги, авиация ва бошқа хизматлар иштирок этмоқда.

O‘zbekistonlik ayol Istanbulda zaharlanish oqibatida vafot etdi

Ватандошимиз касаллик даврида уй шароитида норасмий шифокорлар кўмагида даволанган. Даволаниш жараёнида қабул қилинган дори воситаларининг ножўя таъсири натижасида беморнинг аҳволи оғирлашиб, қонида инфекция ривожланган ҳамда организмида кучли реакция кузатилган.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi ortidagi 1,3 gektar hududda avtoturargoh tashkil etilishi rostmi?

Ижтимоий тармоқларда Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси ортидаги 1,3 гектар ҳудудда автотураргоҳ ташкил этиш ва ҳудудни ободонлаштириш лойиҳаси режалаштирилаётгани ҳақида маълумотлар тарқалмоқда.