O‘zbekiston qonunchiligida 1 sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston qonunchiligida 1 sentyabrdan nimalar o‘zgaradi?

O‘zbekiston qonunchiligida 2024 yil 1 sentyabrdan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Norma ushbu sanadan kuchga kiradigan asosiy o‘zgarishlarni taqdim etdi.

Pensiya va nafaqalar oshadi

Pensiya va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi. Bunda quyidagilar belgilanadi:

  • pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 428 000 so‘m;
  • yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori — oyiga 834 000 so‘m;
  • nogironlik pensiyasining eng kam miqdori — oyiga 920 000 so‘m.

Jahon brendlari bilan hamkorlik qilgan ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi

Mashhur xalqaro brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalari bilan sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzgan yuqori va o‘rta barqarorlik reytingiga ega tadbirkorlik sub’ektlari uchun:

xalqaro standartlarni joriy etish, ekologik sertifikatlash va muvofiqlik bo‘yicha sertifikatlash, shuningdek, brend egalari korxonalarida, xususan, ularning ishlab chiqarish maydonchalarida ro‘yxat bo‘yicha mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha xarajatlar qoplab beriladi

Ov qilishning yangi tartibi belgilanmoqda

Ov qilish faqat ovchilik xo‘jaliklari hududida amalga oshiriladi va ovchilik xo‘jaliklari hududidan tashqarida ov qilishni amalga oshirish taqiqlanadi.

Yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish joylarini, kichik safari parklar va ov turizmini tashkil qilgan ovchilik xo‘jaliklari ushbu faoliyat yo‘nalishlarini tashkil qilgandan boshlab 3 yil muddat mobaynida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini ushbu soliqlar bo‘yicha belgilangan soliq stavkalariga nisbatan 50% kamaytirilgan soliq stavkalari bo‘yicha, shuningdek, aylanmadan olinadigan soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

Zargarlik sohasiga imtiyozlar

2027 yil 1 sentyabrgacha bo‘lgan davrda:

  • “Hunarmand” uyushmasi a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi a’zolari bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlarga ham tatbiq etiladi;
  • zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi va “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi a’zolari bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk ob’ektlari va yer uchastkalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod qilinadi.

Toshkentda va Navoiy viloyatida nogironlikni aniqlashning yangi tartibi

Fuqarolar nogironlikni belgilash uchun YAIDXP (my.gov.uz), “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari yoki ijtimoiy xodimlar orqali oilaviy shifokorlarga murojaat qila oladilar. Bunda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalarida (TIEK) ko‘rikdan o‘tkazish uchun tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron shaklda yuboriladi.

Davlat xaridlarida ustunliklar

Elektron do‘kon vositasida davlat xaridlarini amalga oshirishda narx va boshqa sharoitlar teng bo‘lgan hollarda, ushbu mezonlarning biri asosida nogironligi bo‘lgan shaxslar, xotin-qizlar va yoshlarning bandligini ta’minlagan kichik tadbirkorlik sub’ektlarining takliflari ustunlikka ega bo‘ladi.

Turoperatorlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Kirish turizmi faoliyatini amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan turoperatorlarni xorijiy mamlakatlardan respublikaga turistlarni olib kelishda aylanma mablag‘ bilan ta’minlash uchun 50 mln AQSh dollari ekvivalentida milliy valyutada yillik 14% stavkada kredit liniyasi ochiladi.

Trotuarlarni ta’mirlash – faqat ruxsatnoma asosida

Jismoniy shaxslar va mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har qanday yuridik shaxs tomonidan yo‘llar, trotuarlar va boshqa yo‘l infratuzilmasi ob’ektlarida qurilish ishlarini olib borish, yo‘l ob’ektini har qanday ko‘rinishda ta’mirlash, buzish, qazish, o‘zgartirish, rekonstruksiya qilish faqatgina tegishli ruxsatnoma olingandan so‘ng amalga oshiriladi;

Sholikorlarga – imtiyozli kreditlar

Fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa mahsulot ishlab chiqaruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun Prezidentning 15.12.2021 yildagi PQ-52-son qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Xorijiy til bo‘yicha imtihon xarajatlari qoplanadi

2027 yil 1 yanvarga qadar yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari bo‘yicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning (sertifikat darajasining) minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi hamda mazkur xarajatlar agentlikka ajratilgan mablag‘lar doirasida qoplanadi.

Soliq tekshiruvlaridagi o‘zgarishlar

Tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni markirovkani o‘qish qurilmalaridan foydalanmagan holda sotish holatlari soliq organlari bazasi ma’lumotlari asosida aniqlanganda, ushbu tadbirkorlik sub’ektlari shaxsiy kabineti orqali holat yuzasidan ogohlantiriladi hamda quyidagi choralarni ko‘rish amaliyoti joriy etiladi:

  • ikki marta ogohlantirishdan so‘ng qonun buzilishi bir oy ichida qayta takrorlangan taqdirda, tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat yuzasidan soliq tekshiruvi tayinlanadi;
  • qonun buzilishi soliq tekshiruvi yakunlangandan bir oydan keyin qayta takrorlanganda tadbirkorlik sub’ektlarini xabardor qilmasdan hamda Biznes-ombudsmanni tekshirish kunida xabardor qilgan holda soliq tekshiruvi tayinlanadi;

Ikkita hududda bepul maktab avtobuslari autsorsingga beriladi

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta ta’lim maktablariga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun autsorsing asosida bepul avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Ekofaollarga – velosiped va boshqa sovg‘alar

Chiqindilarni yuklash, tashish, joylashtirish va saralash bilan shug‘ullanuvchi sanitar tozalash korxonalarining, tozalash ishlari bilan shug‘ullanuvchi obodonlashtirish bo‘limlarining eng yaxshi xodimlari, jamoatchilik ekologik nazorat organlari va ekofaollar velosipedlar va boshqa sovrinlar bilan taqdirlanadilar.

Sport maktablarida ustamalar kiritilmoqda

Ixtisoslashtirilgan sport maktablari xodimlariga har oylik 100 foizgacha ustama to‘lash tartibi joriy etiladi.

Xavfli yuk tranziti bo‘yicha yangi qoidalar

Xavfli yuklar tranziti uchun ruxsatnoma elektron shaklda beriladi.

Yo‘l harakati qoidalari buzilishi bo‘yicha tayinlangan qarorlar ustidan shikoyatni YAIDXP orqali bersa bo‘ladi

Yo‘l harakati qoidalari buzilishiga doir chiqarilgan qaror va yuborilgan xabarnomalar yuzasidan Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga YAIDXP orqali elektron murojaat qilish imkoniyati yaratiladi.

Tamaki tranzitining yangicha qoidalari

O‘zbekiston hududi orqali tamaki mahsulotlarining tranziti uchun quyidagi talablar joriy etiladi:

  • tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sertifikati, uni yetkazib berish shartnomasi (bitimi), tovarlar bir nechta qismga ajratilib, tranzit yo‘li bilan tashilgan taqdirda, uni olib o‘tish jadvalining mavjudligi;
  • yuk olib o‘tuvchi tomonidan tegishli bojxona to‘lovlarining summasi O‘zbekiston bojxona organlarining depozit hisob varag‘iga o‘tkazilganligi. Bunda keyinchalik tovarlar respublika tashqarisiga olib chiqilganligi tasdiqlangandan so‘ng to‘langan summalar qaytariladi;
  • tamaki tashuvchi transport vositalarining faqat inspeksion ko‘rik majmualari bilan jihozlangan chegara bojxona postlari orqali o‘tkazilishi;
  • qabul qiluvchi davlatning aksiz markasi bo‘lgan tamaki mahsulotlarini respublika hududidan tranzit olib o‘tishga ruxsat etilishi, bundan aksiz markasi qo‘llanilmaydigan davlatlardan import qilish yoki ularga eksport qilish hamda qonunchilikka muvofiq aksiz markasi talab etilmaydigan holatlar mustasno.

Bitiruvchi sinf o‘quvchilari uchun yangi darslar

Ijod maktablarining 10 va 11-sinf o‘quvchilarini:

  • Madaniy meros agentligi bilan birgalikda gid, tahrirchi va restavrator yordamchisi kasblariga;
  • O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda tele va radiokanallarda rejissyor yordamchisi, ovoz yozish rejissyori assistenti, muharrir yordamchisi hamda reportyor kasblariga;
  • Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi bilan birgalikda bosma nashriyotlarda muharrir va dizayner kasblariga;
  • Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi va uning hududlardagi filiallari bilan birgalikda skanerlash va raqamlashtirish hamda raqamlashtirilgan resurslarni qayta ishlashga oid kasblarga;
  • Madaniyat vazirligi bilan birgalikda teatrlarda san’ashunoslik, aktyorlik san’ati, rejissyorlik, xalq ijodiyoti sohalaridagi kasblarga o‘rgatish bo‘yicha amaliy darslarni joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Gumus uchun imtiyozli kreditlar

Qishloq xo‘jaligi vazirligining agrotexnik tadbirlar uchun taqdim etadigan talabnomalariga muvofiq tuproqning gumus miqdorini oshirish maqsadida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 2025 yil paxta hosili uchun imtiyozli kreditlar ajratilishiga ruxsat berildi.

Menejerlik sertifikati egalariga maktablarda ustamalar to‘lanadi

Yanvardan boshlab maktab direktori lavozimiga nomzodlarni menejerlik o‘quv kurslarida o‘qitish hamda menejerlik sertifikatini elektron shaklda berish tizimi joriy qilingan edi.

Menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan quyidagi rahbar xodimlarga ushbu sertifikatning amal qilish muddati davomida lavozim maoshiga hap oylik qo‘shimcha ustamalar to‘lanadi:

  • maktab direktorlariga — 50 foiz;
  • maktab direktori o‘rinbosarlariga — 30 foiz.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

13—17 yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

“Ўзгидромет” 13—17 январь кунларига об-ҳаво прогнозини эълон қилди.

Husanov APLda qaysi jamoaga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazishi mumkinligi ma’lum

Тез орада расман «Манчестер Сити» футболчисига айланадиган Абдуқодир Ҳусановнинг дебюти қайси жамоаларга қарши ўйинда амалга ошиши маълум.

Rossiyada o‘lganlar soni rekordmi?

Урушда ва айниқса 2024 йилда қанча рус аскари ҳалок бўлганидан қатъи назар, экспертлар бир овоздан Россия учун қурбонлар сони рекорд даражада - Иккинчи Жаҳон Урушидан бери энг юқори кўрсаткич деган хулосага келишди.

Xitoy va Yaponiyadan keyin Rossiya ham shu taklifni bermoqda

Россиянинг талаба қизлар учун бонус схемаси жорий этилмоқда.

Dushanbadan dollar qanchaga yetishi e’lon qilindi

Марказий банк 2025 йил 13 январдан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Menga qancha pensiya chiqar ekan? yoki bo‘lajak pensionerlarga tavsiyalar

Барчамиз пенсия ёшига яқинлашиб қоламиз ва энди пенсия ҳақида ўйлашни бошлаймиз. “Энди менга қанча пенсия чиқар экан?”, “Юқори миқдорда пенсия олармикинман?” каби саволлар бизни қамраб олади.

O‘qituvchilar avtomobillarni imtiyozli shartlarda xarid qilishlari mumkin — “O‘zavtosanoat”

“Ўзавтосаноат” АЖ тижорат банклари томонидан Вазирлар Маҳкамаси топшириғи ижроси доирасида бериладиган имтиёзли автокредитлар орқали автомобилларни сотишга тайёр.

Lionel Messi "Inter Mayami" bilan yangi shartnomaga qaramay, 2025-yilda Yevropa futboliga shov-shuvli qaytishi mumkinligi haqida tushuntirish

"Интер Маями"нинг Лионел Месси билан тузган янги шартномаси аргентиналик футболчига жорий йил охирида Европада ўйнаш имкониятини бериши мумкин.

Yulduz Usmonova falastinlik bolalar va ayollarga 4 ta uy sovg‘a qildi

Ўзбекистон халқ артисти Юлдуз Усмонова Ўзбекистон президенти Шавкат Мирзиёевнинг урушдан жабр кўрган 100 нафар фаластинлик болалар ва аёлларни эвакуация қилганидан таъсирланиб 3 кун йиғлаганини ва президент ёрдамчиси Саида Мирзиёева билан гаплашганини айтди.

RF uchun yana bir “bosh og‘riq” paydo bo‘ldi

Бу ҳақда CNN ёзган.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Qodirov O‘zbekiston rahbariyatini "uyg‘onish qo‘ng‘irog‘i"dan ogohlantirdi

Чеченистон раҳбари Рамзан Қодиров Ўзбекистон раҳбариятини Ғарб оммавий ахборот воситалари кўмагидаги “уйғониш қўнғироғи” ҳақида огоҳлантирди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Propan narxi tushishda davom etmoqda, benzin esa....

Эътиборли жиҳати шундаки, пропан нархининг кетма-кет бундай арзонлашиб бориши яқин орада кузатилмаган.

Evropadagi eng yirik litiy koni Rossiya ixtiyoriga o‘tdi

Шевченко литий конлари 1982 йилда топилган.

Tramp Ukrainani Putinga topshirmoqda

АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трампни Украина тақдири қизиқтирмайди.

Rossiya Mudofaa vazirligi binosida FSB kontrrazvedkasi xodimi otib o‘ldirildi

Москва марказида ФСБ контрразведка бўлими ходими Владимир Фешченко отиб ўлдирилди, деб ёзади Россия ОАВлари.

Primorsk o‘lkasida yo‘lbars odamni g‘ajib tashladi

Бу ҳақда "Амур тигери" маркази маълум қилди.

Husiylar Isroil Mudofaa vazirligi binosiga hujum qilishdi

Бу ҳақда ҳаракатнинг ҳарбий вакили Яҳё Сария маълум қилди.

Qozog‘istonda kimyoviy moddalar ortilgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi

Воқеа жойига радиация ва кимё хизмати ходимлари етиб борган.

G‘arb Ukrainada safarbarlik yoshini pasaytirish befoyda ekanini tan oldi

Бу ҳақда британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис Дуран YouTube каналида маълум қилди .

NATO Boltiq dengizida o‘z nazorat maydonini jiddiy kengaytirmoqchi

НАТО давлатлари Болтиқбўйидаги кемаларни ўз сувларидан ташқарида назорат қилиш учун ечим излайди, деди Польша Бош вазири Доналд Туск.

Chilidagi stadionda yuz bergan otishma oqibatida 11 yoshli bola halok bo‘ldi

Пеньяфлор (Чили) коммунасидаги стадионда юз берган отишмада 11 ёшли бола ҳалок бўлди. Бундан ташқари, 33 ёшли эркакка камида етти марта ўқ узилган, у яраланган.

Qalbaki spirtli ichimliklarni tayyorlash hamda tarqatish bilan shug‘illanib kelgan ikki nafar Turkmaniston fuqarosi Istanbul shahrida qo‘lga olindi

Ҳозирга вақтга кўра қалбаки спиртли ичимликлар оқибатида вафот этган Ўзбекистон фуқаролари сони 6 нафарга етди. Улардан 5 эркак ва 1 нафар аёлни кишини ташкил этмоқда.

Kaliforniyadagi yong‘in AQShga qancha zarar keltirgani aytildi

АҚШ жанубидаги Калифорния штатида давом этаётган ўрмон ёнғинлари оқибатида етказилган зарар тахминан 250-275 миллиард долларни ташкил этмоқда. Бу ҳақда The Washington Post газетаси AccuWeather об-ҳаво маълумотларига таяниб хабар берди.

AQSh 37 ta Xitoy kompaniyasi mahsulotlarini taqiqladi

14 январ куни АҚШ Ички хавфсизлик вазирлиги 37 та Хитой компаниясини уйғурларнинг мажбурий меҳнатидан фойдаланаётган корхоналар рўйхатига қўшганини маълум қилди.

Tramp Rossiyaga uning mablag‘lari orqali ta’sir o‘tkazishi mumkin

АҚШнинг сайланган президенти Доналд Трамп жамоаси Украина бўйича музокараларни бошлаш учун Москвага таъсир ўтказиш воситаси сифатида музлатилган Россия активларидан фойдаланиш ғоясини рад этмаяпти.

Putinning yordamchisi: "Ukraina va Moldova mavjud bo‘lishni to‘xtatadi"

Россия президенти ёрдамчиси Николай Патрушев "2025 йилда аллақачон Украина давлат сифатида мавжуд бўлишни тўхтатади", деди.

Pistorius Trampning qaytishi va Germaniyadagi saylovdan oldin Kiyevda

Германия мудофаа вазири Борис Писториус эълон қилинмаган ташриф билан Украинада. Бу, эҳтимол, келгуси ойдаги Германия сайловидан олдинги сўнгги сафари. У Трамп келаси ҳафта қайтиши муносабати билан Европанинг доимий қўллаб-қувватлаши ҳақида муҳокама юритишини айтди.

Al-Qassam brigadalari bir kun ichida rekord miqdordagi fashistlarni o‘ldirdi

Босқинчилар Ғазонинг бутун ҳудудида оммавий қотилликларни содир этишди. 70 дан ортиқ одам ҳалок бўлди, улар орасида болалар ҳам бор.

Ukraina ikki shaharni qo‘ldan boy berish xavfi ostida

Россия Украинанинг Донетск вилоятидаги Покровск ва Мирноград шаҳарларига қуруқликдаги таъминот йўлларини кесиб қўйишни режалаштирмоқда.

Chilidagi stadionda otishma. 11 yoshli bola halok bo‘ldi

Ҳодиса маҳаллий майдонда футбол ўйини чоғида содир бўлган, у ерда муштлашувдан сўнг номаълум одамлар билан машина етиб келган, шундан сўнг отишма бошланган.

Bayden Trampni ISHIDning Suriyada qayta tiklanishining oldini olishga chaqirdi

Бу ҳақда РИА Новости ёзмоқда .

O‘rmon yong‘inlari 47 mingga yaqin Kaliforniyaliklarni elektr energiyasiz qoldirdi

Калифорнияда давом этаётган ўрмон ёнғинлари туфайли 46,8 мингдан ортиқ истеъмолчи электрсиз қолмоқда.

Ganada vabo epidemiyasi qurbonlari soni 40 kishiga yetdi

Баёнотда айтилишича, бу вилоятларда 4850 гумон вабо касаллиги аниқланган. Қайд этилишича, эпидемия оқибатида ҳалок бўлганлар сони 40 нафарга етган.

Parijning Olimpiya sharmandasi: sportchilar 100 dan ortiq nuqsonli medallarni qaytarishdi

Ташкилотчилар мукофотларни алмаштиришга ваъда беришди.

NATO davlatlari va Ukraina birgalikda qurol ishlab chiqarishni oshiradi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Bayden Ukrainaga yordam berishdan bosh tortishning iloji yo‘qligini e’lon qildi

Бу ҳақда Америка президенти Жо Байден Давлат департаментида ташқи сиёсат бўйича якуний нутқи чоғида маълум қилди , деб ёзади “РИА Новости” .

Arktikani neft bilan ifloslanishdan himoya qiluvchi sorbent ishlab chiqildi

Россиялик олимлар Арктикани нефть билан ифлосланишдан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топишди.