O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi

A A A
O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi kelgusi hamkorlik istiqbollari yuzasidan qator takliflarni ilgari surdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 14 sentyabr kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

O‘zbekiston Prezidentining Dushanbega tashrifi Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashuvdan boshlandi.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Oliy darajadagi kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlariga, eng avvalo, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperasiya loyihalarini ilgari surish va madaniy-gumanitar almashinuv dasturini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Bu borada qo‘shma Hukumatlararo komissiya samarali faoliyat olib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Uchrashuvda davlat rahbarlari Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilarining navbatdagi Maslahat uchrashuvi va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammiti kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan fikr almashdilar.

Mintaqaviy hamkorlikning boshqa jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Dushanbe shahrida o‘tkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvida ishtirok etdi.

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon raisligida o‘tgan sammitda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov, faxriy mehmon sifatida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev hamda BMT Bosh kotibining maxsus vakili – Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markaz rahbari Kaxa Imnadze ham qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, mintaqada ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish, jumladan, siyosiy muloqotni rivojlantirish, savdo, investisiyalar, transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va ekologiya sohalarida qo‘shma dastur va loyihalarni ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuvni faollashtirish, xavfsizlik sohasidagi zamonaviy tahdid va xatarlarga qarshi chora ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti o‘z nutqida mintaqa mamlakatlari o‘rtasida ishonch, yaxshi qo‘shnichilik va sheriklik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi umumiy sa’y-harakatlarni yuksak baholadi.

– Umumiy sa’y-harakatlarimiz tufayli hayotiy muhim masalalarni hal etish va hamkorligimizni sifat jihatidan yangi mazmun bilan to‘ldirish borasida jiddiy oldinga siljishga erishdik. Bizning siyosiy muloqotlarimiz va parlamentlararo almashuvlar doimiy tus olmoqda. Muloqot va hamkorlik uchun turli platformalar ishga tushirildi, – dedi davlatimiz rahbari.

Markaziy Osiyoda barqarorlik va birdamlik mustahkamlanayotgani asosiy natija sifatida qayd etildi. Mintaqamiz iqtisodiy o‘sish va investision faollik markazlaridan biriga aylanmoqda, G‘arbni Sharq va Shimolni Janub bilan bog‘laydigan transport xabi bo‘lishdek tarixiy vazifani yana o‘z zimmasiga olmoqda.

Global jarayonlarning mintaqaning barqaror rivojlanishiga ta’siri chuqur tahlil qilinib, bunday xavf-xatarlarga samarali qarshi turish imkoniyati ko‘p qirrali sheriklikni chuqurlashtirishga qaratilgan qo‘shma sa’y-harakatlarni birlashtirishga bog‘liqligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari hamkorligi istiqbollari bo‘yicha qator takliflarni bildirdi.

– Savdo-iqtisodiy hamkorlik mintaqaviy sheriklik va integrasiyaning asosiy harakatlantiruvchi kuchidir. Biz ushbu yo‘nalishda mintaqa mamlakatlari bilan amaliy hamkorlikni rivojlantirish uchun O‘zbekistonda barcha zarur shart-sharoitlarni yaratmoqdamiz, – dedi mamlakatimiz yetakchisi.

Tovar aylanmasi hajmini oshirish maqsadida istisno va cheklovlarsiz to‘laqonli erkin savdo zonalarini tezroq shakllantirish taklif qilindi.

Shu munosabat bilan mintaqada barqaror savdo-logistika zanjirlarini shakllantirish, chegaraoldi hududlarida savdo va kooperasiya markazlarini ochish va kengaytirish, o‘zaro savdo bo‘yicha qonunchilikni uyg‘unlashtirish va bu boradagi to‘siqlarni bartaraf etish, bojxona ma’murchiligi, sanitar va fitosanitar nazorati, tovarlarning qayerdan olib kelinayotganini sertifikatlash bo‘yicha yagona elektron platformalar yaratish, mintaqaviy elektron savdo maydonini ishga tushirishni ko‘zda tutadigan kompleks mintaqaviy dasturni qabul qilish zarur.

Mintaqa mamlakatlari o‘rtasida sanoat kooperasiyasini rivojlantirishga to‘xtalar ekan, O‘zbekiston Prezidenti yengil avtomobillar, maishiy texnika, to‘qimachilik mahsulotlari va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Ozarbayjon bilan chegaraoldi hududlari kooperasiyasini muvaffaqiyatli sheriklikka misol sifatida qayd etdi.

Uchinchi davlatlarga eksport qilishni ko‘zlagan holda mineral o‘g‘itlar, polimerlar, metalldan tayyor buyumlar, tayyor to‘qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘ish hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va yirik ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlar bo‘lishi mumkin.

Birgalikdagi sa’y-harakatlarga tizimli tus berish uchun Markaziy Osiyo mamlakatlarining uzoq istiqbolga mo‘ljallangan sanoat kooperasiyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish taklif etildi.

Transport jihatidan o‘zaro bog‘liqlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Asosiy tashqi bozorlardan jo‘g‘rofiy jihatdan uzoqligini hisobga olganda, mamlakatlarimizda yuklarni tashish uchun ketadigan xarajatlar ulushi tovarlarning so‘nggi qiymatiga nisbatan 50 foizgacha yetayotgani ta’kidlandi. Ayni vaqtda dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkich 11 foizdan oshmaydi. Natijada iqtisodiyotimiz rivojlangan davlatlardagidan ko‘ra 2-3 marta ko‘p transport xarajatini ko‘tarishga majbur bo‘lmoqda.

Mamlakatlarimizning transport sohasidagi salohiyatini yanada oshirish maqsadida tarmoq vazirlari uchrashuvlari doirasida Markaziy Osiyoda Transport va tranzit haqidagi bitimni ishlab chiqish, biznes uchun qulay bo‘lgan oraliq tariflarni qo‘llagan holda, Xitoy, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharq hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga chiqish uchun samarali transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha aniq mexanizmlarni shakllantirish taklif qilindi.

Bundan tashqari, Transport xizmatlari bozorini liberallashtirish va ruxsat etishga doir tartib-taomillarni optimallashtirish chora-tadbirlari dasturini tayyorlash hamda Xalqaro tashuvlarning integrasiyalashgan raqamli platformasini yaratish masalasini ko‘rib chiqish taklifi ilgari surildi.

– Afsuski, mintaqada energetika infratuzilmalarini rivojlantirish sur’atlari sanoatlashtirish va urbanizasiya jarayonlari, shuningdek, demografik o‘sishdan orqada qolmoqda. Bugungi kunda bu mamlakatlarimizning uzoq muddatli barqaror rivojlanishi yo‘lidagi jiddiy tahdiddir, – deya energetik xavfsizlikni ta’minlashdagi muammolarga e’tibor qaratdi davlatimiz rahbari.

Tarmoq vazirliklari va milliy kompaniyalarimizning geologiya-qidiruv ishlarini olib borish va istiqbolli konlarni o‘zlashtirish, energiya resurslarini saqlash va yetkazib berish bo‘yicha mavjud infratuzilmalarni kengaytirish va zamonaviy infratuzilmalarni yaratish sohasidagi hamkorligini yanada kuchaytirish muhimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, elektr energiyasini yetkazib berish uchun yangi magistral tarmoqlarni barpo etish hamkorligimizning muhim yo‘nalishiga aylanishi lozim.

Shu bilan birga, energiya manbalarini diversifikasiya qilmasdan, muqobil energetika sohasiga investisiya va texnologiyalarni jalb etmasdan va “yashil” vodorodni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymasdan turib, mintaqani barqaror rivojlantirish mumkin emasligi ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi zaif nuqtalar ko‘rsatib o‘tildi. Bular – agrar sektorning ilmiy-texnologik jihatdan yetarlicha rivojlanmagani, suv resurslari borasidagi o‘tkir taqchillik, qo‘shimcha qiymat yaratishning uzoq va samarasiz zanjirlari, iqlim inqirozi va logistikadagi uzilishlar oldidagi beqarorlik, sog‘lom ovqatlanish masalalari.

Bu sohada sa’y-harakatlarni birlashtirish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti ko‘magida mintaqaviy Sheriklik dasturini tayyorlash muhim. Zero, mamlakatlarimiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan nafaqat mintaqaning ichki bozoridagi mavjud ehtiyojlarni to‘liq qoplash, balki ularni eksport qilishdek muhim imkoniyatga ham egadir.

– Iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq tahdidlarga qarshi kurashish mintaqaning barqaror rivojlanishini ta’minlashning eng muhim omiliga aylanmoqda. Shu munosabat bilan, kelgusi yil bahor faslida Samarqandda Markaziy Osiyodagi iqlim o‘zgarishlariga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazmoqchimiz, – deb, davlatimiz rahbari mintaqa mamlakatlari delegasiyalarini ushbu forumga taklif etdi.

Iqlim barqarorligini va “yashil” taraqqiyotni ta’minlashga amaliy hissa qo‘shish maqsadida Iqlim o‘zgarishlariga moslashish masalalari bo‘yicha mintaqaviy strategiyani qabul qilish tashabbusi bildirildi.

Mintaqaning iqlimga oid yagona kun tartibini shakllantirish va birgalikda ta’sirchan chora-tadbirlarni qabul qilish uchun biz ekologiya vazirlari darajasida “Iqlim bo‘yicha Markaziy Osiyo muloqoti” ko‘p tomonlama platformasini ta’sis etish taklif qilindi.

– Umumiy tarix, urf-odat, madaniyat va qadriyatlarga – Markaziy Osiyoning noyob sivilizasiyasi mushtarakligi va rang-barangligiga asoslangan madaniy-gumanitar hamkorlik bizning eng muhim an’anaviy ustuvor yo‘nalishimizdir, – dedi O‘zbekiston yetakchisi.

Bu yo‘nalishdagi ishlarni tizimli tashkil etish maqsadida Markaziy Osiyo mamlakatlarining madaniy-gumanitar hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha Harakatlar rejasini qabul qilish taklif etildi.

Ayni vaqtda bizning noyob madaniy-tarixiy va ma’naviy merosimizni xalqaro maydonda keng targ‘ib etishda ommaviy axborot vositalari va nohukumat tashkilotlar, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari imkoniyatlaridan faol foydalanish zarur.

Umumiy mintaqaviy kontentni shakllantirish uchun olimlar va keng jamoatchilik vakillarini jalb etgan holda “Markaziy Osiyo tarixi va madaniyati: yagona o‘tmish va umumiy kelajak” xalqaro media platformasini yaratish bu yo‘nalishdagi amaliy qadam bo‘ladi.

Markaziy Osiyo davlatlarining yoshlarga oid siyosatiga alohida e’tibor qaratildi.

– Yoshlarning bilim va malakasini rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni birlashtirish, ularni yetuk malakali kadrlar qilib tayyorlash va bandligini ta’minlash maqsadida shu yo‘nalishdagi xalqaro tashkilotlar ishtirokida Markaziy Osiyo yoshlari imkoniyatlarini kengaytirish va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarish markazini tashkil etishni taklif etamiz. Shuningdek, mamlakatlarimizdagi iste’dodli yoshlar uchun ilm-fan va ta’lim sohasida Al-Xorazmiy, Forobiy, Jomiy, Maxtumquli, Chingiz Aytmatov kabi Markaziy Osiyo mintaqasidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar, alloma va faylasuflar nomidagi mintaqaviy grant va stipendiyalar ta’sis etish muhim, deb hisoblaymiz, – dedi O‘zbekiston Prezidenti.

Xavfsizlik sohasida hamkorlikni kengaytirish muhim yo‘nalishlardan biri sifatida qayd etildi. Xavfsizlik masalalari bo‘yicha davlatlarimizning Xavfsizlik kengashlari kotiblari tomonidan muvofiqlashtirib boriladigan muntazam yig‘ilishlarni o‘tkazish haqidagi taklif qo‘llab-quvvatlandi.

Markaziy Osiyo mamlakatlari chegaralarini himoya qilish va mustahkamlash bo‘yicha Davlatlararo dasturni ishlab chiqish hamda Favqulodda vaziyatlar yuzasidan prognozlar qilish, ularning oldini olish, barvaqt ogohlantirish va ularga birgalikda qarshi turish borasida Mintaqaviy tizimni shakllantirish tashabbusi ilgari surildi.

Markaziy Osiyodagi xavfsizlik va barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatadigan eng asosiy omillardan biri Afg‘onistondagi vaziyatdir.

Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston bundan buyon ham afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatadi, shu maqsadda Termizdagi xalqaro xabni gumanitar ko‘mak uchun taqdim qiladi, afg‘on fuqarolarini maxsus tashkil etilgan ta’lim markazida o‘qitishni davom ettiradi.

Transafg‘on temir yo‘lini barpo etish loyihasini ilgari surish bilan birga Afg‘onistonning ichki transport yo‘llarini tiklash zarurligi qayd etildi.

Bundan tashqari, afg‘on tomoni bilan chegaralar xavfsizligi, suvdan foydalanish va savdo-sotiqni rivojlantirish masalalari bo‘yicha muloqot muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.

So‘zining yakunida Prezidentimiz Maslahat uchrashuvlari ishlari bo‘yicha Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashini ta’sis etish taklifini qo‘llab-quvvatladi hamda Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy kengashini tashkil etishni taklif qildi.

O‘zbekiston rahbari uchrashuv natijalari mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklikni yanada mustahkamlashga, keng miqyosdagi mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Sammitda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon rahbarlari so‘zga chiqdi, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi sammit ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.

Tadbir yakunida quyidagi hujjatlar qabul qilindi: Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi Maslahat uchrashuvi yakunlari bo‘yicha qo‘shma bayonot, Qozog‘iston Respublikasi, Qirg‘iz Respublikasi, Tojikiston Respublikasi, Turkmaniston va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida yoshlarga oid siyosatning umumiy yo‘nalishlari to‘g‘risida bitim, Markaziy Osiyoda yerusti transportining o‘zaro bog‘liqligini mustahkamlash to‘g‘risida bitim, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari ishlari bo‘yicha Milliy muvofiqlashtiruvchilar kengashi to‘g‘risida nizom, 2022-2025 yillarda Markaziy Osiyoda salomatlik va farovonlikni qo‘llab-quvvatlash uchun “yo‘l xaritasi”.

Shundan so‘ng Dushanbe shahridagi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasida rasmiy tadbirlar, konsert hamda mintaqa mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov hamda faxriy mehmon – Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovni Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining faxriy nishoni bilan taqdirlash marosimida ishtirok etdilar.

Faxriy nishon 2021 yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchinchi Maslahat uchrashuvida ta’sis etilgan bo‘lib, u bilan mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga alohida hissa qo‘shgan shaxslar mukofotlanadi.

So‘ng yetakchilar “Ko‘hi Borbad” saroyida mamlakatlarimiz san’at ustalari ishtirokidagi “Do‘stlik oqshomi” konsert dasturini birgalikda tomosha qildilar.

Folklor-etnografik jamoalar va estrada artistlarining chiqishlari, milliy qo‘shiq va raqslar xalqlarimiz qardoshligi hamda madaniy mushtarakligining yorqin ifodasi bo‘ldi.

Tadbirlar dasturi “EKSPO Markaziy Osiyo 2023” ko‘rgazmasiga tashrif bilan davom etdi. U yerda Prezidentlarga mintaqada ishlab chiqarilayotgan asosiy turdagi mahsulotlar namoyish etildi.

«Made in Uzbekistan» bo‘limida yurtimiz zargarlik, to‘qimachilik, charm-poyabzal, elektrotexnika, farmasevtika, qurilish materiallari sanoati, axborot texnologiyalari, qishloq xo‘jaligi va turizm tarmoqlari salohiyati aks etgan.

Ko‘rgazmadan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston mahsulotlari ham joy olgan. Ekspozisiyaning umumiy maydoni 1800 kvadrat metrdan ortiq.

Tanishuv yakunida davlat rahbarlari mutasaddilarga o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va sanoat kooperasiyasini kengaytirish yuzasidan aniq topshiriqlar berdilar.

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvi doirasidagi konsert, Xotin-qizlar muloqoti uchrashuvi, iqtisodiy forum, mahsulotlar ko‘rgazmasi, transport vazirlari uchrashuvi, rektor va olimlar forumi hamda shu kunlarda Dushanbeda o‘tayotgan boshqa madaniy-gumanitar tadbirlar Prezidentimiz tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan sammit sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganidan dalolat beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tojikistonga amaliy tashrifi davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Eron jasorat ko‘rsatmoqda

"Агар бугун сионистик режим ўз адашуви туфайли аҳмоқлик қилиб тажовуз қилишга журъат этса, шубҳасиз, ўзининг заиф ва кичик ҳудудига қақшатқич ва қатъий жавоб олади".

Rossiyada yakun yasaldi: SSSR yo‘q bo‘ldi

Федерация Кенгашининг конституциявий қонунчилик ва давлат қурилиши қўмитаси раиси Андрей Клишас ҳуқуқий жиҳатдан Совет Иттифоқи энди мавжуд эмаслигини таъкидлади.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Lavrov "Bunday so‘zlarni aytish uchun surbet odam bo‘lish kerak”

Жумладан, ГФРнинг янги канцлери жаноб Мерцнинг Германия яна Европага раҳбарлик қилиш вақти келгани ҳақидаги нутқи.

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qildi

Полша Украинага қўшин юбормоқчи эмас , бу якуний қарор. Бу ҳақда мамлакат бош вазири Доналд Туск ТВП Инфо каналида маълум қилди .

XXR Daniyaga Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatish chaqirig‘iga "shapaloq" bilan javob qaytardi

Хитой Халқ Республикаси Россия билан ҳамкорликдан воз кечиш чақириғига жавобан Данияга "дипломатик шапалоқ" туширди.

Ruslar Kupyanskni yer bilan yakson qildi

Маъмурият раҳбарининг сўзларига кўра, ҳудудда тахминан 1700 нафар фуқаро қолган.

Medvedevning xayollari

Медведев Украина харитасини намойиш қилди.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

"Trump Putinning buyrug‘i bilan Putinni qoralayapti" - Gudkov

Геннадий Гудков Трампнинг Путин "ақлдан озган" деган гапига шарҳ берди.

Reuters: Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina hududiga eng yirik havo zarbasini berdi

25 майга ўтар кечаси Россия Қуролли кучлари уруш бошланганидан буён Украина ҳудудига энг кучли ҳаво зарбаларидан бирини амалга оширганини Reuters хабар қилмоқда.

Isroil Germaniya kanslerining tanqidiga javob qaytardi

Шу билан бирга, элчи Фаластин давлатини тан олишга тайёрланаётган Франция, Малта ва Испанияни кескин танқид қилди.

"Real"da Modrichdan keyin o‘ninchi raqamda kim o‘ynashi aniq bo‘ldi

Мадриднинг "Реал" клубида Лука Модрич кетганидан кейин 10-рақамда ким ҳаракат қилиши маълум бўлди.

Isroilga zarba: Irlandiya birinchi bo‘lib savdoni to‘xtatadi!

Ирландия Европа Иттифоқига аъзо давлатлар орасида биринчи бўлиб, босиб олинган Фаластин ҳудудларида фаолият юритаётган Исроил компаниялари билан савдони тақиқловчи қонун лойиҳасини расман ишлаб чиқишни бошлайди.

SWS3 — Xitoyning dronlarga qarshi qo‘rqinchli javobi

Хитой дронларга қарши янги зенит-ракета-тўп мажмуасини яратди.

Asirlikda halok bo‘lgan 200 nafar askar: jonlar hisobidagi urush haqiqati

Уруш бошланганидан бери Россия асирлигидаги 200 дан ортиқ украиналик аскар ҳалок бўлди.

AQShning rejasi bor, ammo u hech kimga ma’qul kelmayapti

АҚШнинг Украина масалалари бўйича махсус вакили Кит Келлог Қўшма Штатлар Украинадаги можарони тинч йўл билан ҳал этиш учун 22 банддан иборат режа ишлаб чиққанини маълум қилди.

Toshkent shahrida 800 nafar fuqaro uy olaman deb 200 mlrd so‘mdan ortiq pullaridan ayrildi

Мазкур жиноят иши доирасида 800 нафар фуқаролар жабрланувчи деб топилган бўлиб, умумий 209 млрд. 263 млн. сўм зарар аниқланган.

Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

Қайд этилишича, мазкур ҳолат Наманган вилояти Чортоқ туманидаги 48-умумтаълим мактабида содир бўлган.

Liverpulda avtomobil odamlarni bosib ketishi oqibatida 27 kishi jarohatlandi

Маҳаллий ҳокимият расмийларининг хабар беришича, қолган жабрланганларга ҳодиса жойида тиббий ёрдам кўрсатилган.

Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 ichidagi 19 yoshli haydovchisi bilan yonib ketdi

Қутқарув экипажи ҳодиса жойига етиб борган, ёнғин қутқарувчилар ва фуқаролар томонидан ўчирилган.

22 yoshli qizni fohishalik uchun Rossiyaga jo‘natmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Ҳозирда ушбу ҳолат юзасидан “одам савдоси” моддаси бўйича жиноят иши қўзғатилди.

Rossiyaning Voronej shahrida bir talaba xonadoshini gigiyenaga rioyasizligi sababli o‘ldirdi

Навбатдаги жанжалдан сўнг сабр-тоқат косаси тўлган йигит пичоқ олиб, Максимнинг томоғини кесган.

Ukraina Patriot zenit-raketa majmualarining tanqisligini boshdan kechirmoqda — The Washington Post

Мақолада қайд этилишича, 2023 ва 2024 йилларда Patriot тизимлари Россиянинг баллистик ракеталарини тутиб қолишда нисбатан самарали бўлган. Аммо 2025 йил май ойи охиридан бошлаб Украина бундай ракеталарни уриб туширишда қийинчиликларга дуч кела бошлаган.

"Kuch ishlatilmasa, Putin yechim izlamaydi"

Россиянинг Украинада урушни тўхтатиш истагини билдирувчи белгилар йўқ.

Medvedevning rejasi Rossiyaga 50 million askarga tushadi

Таҳлилчиларнинг ҳисоб-китобларига кўра, бу режани амалга ошириш - деярли бутун Украинани босиб олиш учун 91 йил ва Россия аҳолисининг учдан бир қисмигача талаб этилади.

"Haqqoniy va’da"ga tayyormiz – Eron Isroilni ogohlantirdi

"Исроилда жиноятчилар ва аҳмоқлар ҳокимият тепасида тургани сабабли ҳар қандай хато юз бериши мумкин".

Makron: Tramp Putinning unga yolg‘on gapirgani angladi

"АҚШ президенти Доналд Трамп Россия диктатори Владимир Путиннинг тинчликка тайёрлик ҳақидаги сўзлари ёлғон эканини тушуниб етди".

Xitoy janubida kuchli yomg‘ir yog‘di, qurbonlar bor

Метеорологларнинг маълумотларига кўра, 2025 йил бошидан бери энг кучли ёмғир 27-29 май кунлари Хитой жанубида бўлади. Табиий офатлар хавфи ортади.

Rossiya armiyasi Ukrainaga tungi hujumda 350 dan ortiq drondan foydalandi

Маълум қилинишича, Украина ҳаво мудофааси барча 9 та Х-101 ракетасини уриб туширган ҳамда 288 та дронни йўқ қилган.

“Qamchiq"da xandaqqa tushib ketgan yuk mashinasi olib chiqildi

Хабарга асосан, қутқарув отряди айтилган манзилга етиб бориб, махсус техника ва асбоб-анжомлар ёрдамида юк автомашинаси хандақдан олиб чиқилган.

Makron rafiqasidan tarsaki yedi

Франциянинг BFM RMC нашрининг ёзишича, Елисей саройи бу видео ҳақиқий эканини тасдиқлаган.

Sirdaryoda uch kishi quduqdagi gazdan zaharlanib halok bo‘ldi

Яна икки киши ҳушини йўқотган, уларга тиббий ёрдам кўрсатилиб, шифохонага ётқизилган.

Isroil G‘azo sektoriga barcha muntazam harbiy brigadalarini kiritdi

Аввалроқ Исроил расмийлари ХАМАС маҳбуслар масаласида келишувга эришиб, қуролсизлантирилгунига қадар ЦАХАЛ ҳужумларини давом эттиришини билдирган эди.