“O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filialida ishlagan uch nafar ayol qamoqqa olindi

“O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filialida ishlagan uch nafar ayol qamoqqa olindi

Samarqandda Hakberdiyeva Aziza Olimjonovna, Rajabova Anora Alisherovna, Hamidova Lola Malikovna, Samatov Xayriddin Haydarovich, Ahmedov Sharob Misirovich va Qarshiyev Olimjon Tovboyevichlarga nisbatan Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan 1-1401-1906/322-sonli jinoyat ishi ochilgan.

Bu haqda «Jahon.uz» nashriga huquq tartibot idoralaridagi ishonchli manba to‘liq ma’lumot berdi va ushbu ishga doir tergov va sud hujjatlarini taqdim qildi.

Hakberdiyeva Aziza Olimjonovna 1992 yil 3 yanvar kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta-maxsus, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali Samarqand tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasi pul o‘tkazmalari bo‘yicha operatori bo‘lib ishlagan. Unga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (JK)ning 167-moddasi 3-qismi “a, g” bandi, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Rajabova Anora Alisherovna esa 1995 yil 7 yanvar kuni Samarqand shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta-maxsus, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali Samarqand tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasi pul o‘tkazmalari bo‘yicha operatori bo‘lib ishlagan. Unga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a, g” bandi, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hamidova Lola Malikovna 1972 yil 10 mart kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta-maxsus, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali Samarqand tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasi pul o‘tkazmalari bo‘yicha nazoratchi Operator bo‘lib ishlagan. O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a, g” bandi, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoya ishi qo‘zg‘atilgan.

Samatov Xayriddin Haydarovich 1983 yil 14 iyul kuni Samarqand viloyatida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati o‘zbek, ma’lumoti o‘rta-maxsus “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali Samarqand tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasida hisobchi bo‘lib ishlagan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “v, g” bandi, 228-moddasi 2-qismi “b” bandi va 228-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ahmedov Sharob Misirovich 1965 yil 10 aprel kuni Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali Samarqand tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasi boshlig‘i lavozimida ishlagan. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207-moddasi 1-qismi bilan jinoya ishi qo‘zg‘atilgan.

Qarshiyev Olimjon Tovboyevich 1987 yil 16 may kuni Bulung‘ur tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali Samarqand tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasi bosh hisobchisi lavozimida ishlagan. Unga nisbatan, O‘zbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 1-qismi bilan aybov e’lon qilingan.

Ish hujjatlarida aniqlanishicha, Hakberdiyeva Aziza Olimjonovna 2014 yil 4 apreldan 2018 yil 25 sentyabrgacha, Rajabova Anora Alisherovna 2014 yil 8 avgustdan 2018 yil 25 sentyabrgacha, Hamidova Lola Malikovna 2016 yil 8 fevraldan “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali Samarqand tumanlararo pochta aloqa bog‘lamasi pul o‘tkazmalarini qayta ishlash bo‘yicha operator vazifasida ishlab kelishib, g‘arazgo‘ylik yoki boshqa manfaatlarni ko‘zlab, jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, 2018 yil 1 yanvar kunidan 10 sentyabr kuniga qadar fuqarolardan aliment to‘lovlari va boshqa pul jo‘natmalari uchun jami 3 mlrd. 138 mln. so‘m naqd pul mablag‘larini o‘zlarining ixtiyoriga va javobgarligiga qabul qilishib, mazkur mablag‘larning bir qismini pochta aloqa kassasiga topshirmaslik va o‘z shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatish maqsadida, ushbu naqd pul mablag‘larining 639 mln. so‘mi, Lola Hamidovaning ishtirokligida esa 608 mln. so‘mi, uchun naqd pul qabul qilinganligi haqida “Shakl-5” kvitansiyalarini rasmiylashtirmasdan hamda ushbu pul mablag‘lari pul ko‘chirish yo‘li bilan qabul qilinmaganligi, to‘lov-topshiriqnomalari berilmaganligi va ushbu mablag‘lar pochta hisob-raqamiga kelib tushmaganligi, bu haqda rasmiy hujjatlar mavjud emasligini bila turib, ushbu pul mablag‘lari go‘yoki pul ko‘chirish orqali qabul qilinganligi haqidagi yozuvlarni pochta aloqa bog‘lamasining elektron dasturida kompyuter texnikasi vositalaridan foydalangan holda aks ettirishib, ushbu pul mablag‘lari 4 mlrd. 791 mln. so‘m ekanligini elektron dasturda ko‘rsatib, pul oluvchi shaxslarga “O‘zbekiston pochtasi” AJning umumiy hisob-raqami hisobidan pul mablag‘lari yuborilishini ta’minlab, “O‘P-42” kassa ma’lumotnomasida esa aksept sifatida qabul qilingan mablag‘larni 4 mlrd. 152 mln. so‘m qilib qayd etib, pul mablag‘lari tegishli oluvchi shaxslarga yetkazilganligi yuzasidan “Shakl-115” ma’lumotnomalarini qalbakilashtirib rasmiylashtirib, o‘zlarining ixtiyorida qolgan jami 639 mln. so‘m pul mablag‘larini “O‘P-42” kassa ma’lumotnomasi hujjatlarida aks ettirmasdan hamda pochta aloqa bog‘lamasining kassasiga topshirmasdan, o‘z ixtiyoridagi o‘zgalarning juda ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilishgan.

A.Hakberdiyeva, A.Rajabova, L.Hamidova va bog‘lama hisobchisi sudlanuvchi X.Samatovlar tomonidan 2018 yil 1 yanvar kunidan 10 sentyabr kuniga qadar jismoniy va yuridik shaxslardan qabul qilingan pul mablag‘larini “O‘zbekiston pochtasi” AJning pochta aloqasi hududiy (viloyat) filiallari va ob’ektlarida kassa operasiyalarini yuritish qoidalari”da va pochta tizimiga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda qabul qilmasdan, hujjatlarni rasmiylashtirmasdan va ish yuritmasdan, pochta hisob raqamiga pul mablag‘lari kelib tushgan korxona-tashkilotlar taqdim qilgan ro‘yxatdagi shaxslarga emas, balki umuman boshqa fuqarolarning nomiga pul mablag‘larini rasmiylashtirib, to‘lov topshiriqnomalaridan qaytadan foydalanib boshqa shaxslarning nomiga pul mablag‘larini qayd etib, jami 782.949.000 so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yib, bu holatlarga o‘ta beparvo va loqayd munosabatda bo‘lib, aloqa operatorlari tomonidan taqdim qilingan hisobotlarni lozim darajada o‘rganmasdan, tekshirib ko‘rmasdan, ularni birlamchi buxgalteriya hujjatlari bilan solishtirmasdan qabul qilib kelib, o‘z vazifalariga vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lib davlat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilishiga sababchi bo‘lgan.

Ushbu jinoiy harakatlar sud tartibida ko‘rib chiqilib, sudlanuvchi Haqberdiyeva Aziza Olimjonovna O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a, g” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topildi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 59,61-moddalariga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha 2 (ikki) yil muddatga korxona, muassasa yoki tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 (besh) yil 2 (ikki) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi Haqberdiyeva Aziza Olimjonovnaga nisbatan qo‘llanilgan uy qamog‘i ehtiyot chorasi o‘zgartirilib va sud zalidan qamoqqa olindi.

Sudlanuvchi Rajabova Anora Alisherovnaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 59,61-moddalariga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha 2 (ikki) yil muddatga korxona, muassasa yoki tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 (besh) yil 2 (ikki) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi Radjabova Anora Alisherovnaga nisbatan qo‘llanilgan uy qamog‘i ehtiyot chorasi o‘zgartirilib va u ham sud zalidan qamoqqa olindi.

Sudlanuvchi Hamidova Lola Malikovna O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “a, g” bandlari va 228-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topildi va unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 59,61-moddalariga asosan tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan jinoyatlar majmui bo‘yicha 2 (ikki) yil muddatga korxona, muassasa yoki tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 5 (besh) yil 1 (bir) oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Sudlanuvchi Xamidova Lola Malikovnaga nisbatan qo‘llanilgan munosib xulq-atvorda bo‘lish haqida tilxat ehtiyot chorasi o‘zgartirilib, u darhol sud zalidan qamoqqa olindi.

Sudlanuvchi Samatov Xayriddin Haydarovich O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “a, g” bandlari va 209-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 59-moddasiga asosan, tayinlangan jazolarni qisman qo‘shish yo‘li bilan 2 (ikki) yil muddatga korxona, muassasa yoki  tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy  avobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, ish haqining 20 foiz miqdori davlat daromadi hisobiga ushlab qolingan holda, 2 (ikki) yil 6 (olti) oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi Qarshiyev Olimjon Tovboyevich O‘zbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga, O‘zbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 1-qismi bilan JKning 45-moddasiga asosan, 1 (bir) yil muddatga korxona, muassasa yoki tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, ish haqining 20 foiz miqdori davlat daromadi hisobiga ushlab qolingan holda, 1 (bir) yil 6 (olti) oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sudlanuvchi Ahmedov Sharob Misirovich O‘zbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topildi. Unga, O‘zbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 1-qismi bilan JKning 45-moddasiga asosan, 1 (bir) yil muddatga korxona, muassasa yoki tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, ish haqining 20 (yigirma) foizi davlat daromadi hisobiga ushlab qolingan holda, 1 (bir) yil 6 (olti) oy axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Sud hukmi bilan sudlanuvchi A.Hakberdiyeva, A.Rajabova va L.Hamidovalardan qoplanilmay qolgan 574.637.000 (besh yuz yetmish to‘rt million olti yuz o‘ttiz yetti ming) so‘m yetkazilgan zarar solidar tartibda “O‘zbekiston pochtasi” AJ Samarqand filiali foydasiga undirilishi ham belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

"Manchester Siti" qishda sotib olgan himoyachisi yozda sotib yuborilishi mumkin

Қишки трансферлар вақтида ҳимоячи Витор Рейс "Палмейрас"дан "Манчестер Сити" таркибини тўлдирди.

Rossiya tez orada g‘ururdan portlab ketadi

Лавровнинг таъкидлашича, Москва ва Вашингтон "турли соҳаларда алоқаларни давом эттирмоқда.

Ispaniyadagi favqulodda holat tufayli «Barselona» - «Inter» uchrashuvi boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin

El Desmarque хабарига кўра, Испанияда электр энергиясининг ўчиб қолиши туфайли Чемпионлар Лигаси ярим финалидаги "Барселона" - "Интер" учрашуви кўчирилиши мумкин.

Rossiyaliklar endi urushmoqchi emas

Украинадаги рус ҳарбийларининг деярли тўртдан уч қисми (72 фоизи) жанговар ҳаракатларни тўхтатиш тарафдори.

Rossiya Hindiston va Pokistonga murojaat qildi

Россия томони Покистон ва Ҳиндистонни келишмовчиликларни тинч йўл билан ҳал этиш учун босиқлик сақлашга ва конструктив мулоқот олиб боришга ундамоқда.

Qozog‘iston Xitoyga yer bergani haqiqatmi?

Қозоғистон ТИВ бу ҳақидаги маълумотларга муносабат билдирди.

Evropa zulmatga cho‘mdi

Испания, Португалия, Франсия ва Белгияда электр энергиясида катта узилишлар юз берди, бу эса аҳолини электр энергияси, интернет ва мобил алоқасиз қолдирди.

O‘zbekiston Rossiya elchisini chaqirtirdi

Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлигига Россия Федерацияси ҳудудида ўзбекистонлик меҳнат муҳожирларининг ҳуқуқлари бузилиши ҳақидаги хабарлар кўпайиб бораётгани муносабати билан Россия элчиси чақирилди.

Habib YECHLda kim g‘olib bo‘lishini istayotganini aytdi

Менинг фикримча, улар бу мавсумда ЕЧЛни ютишади. Агар тўғрисини гапирсам, уларнинг ғалабасини жуда хоҳлайман.

"Ukrainaliklar ruslar bosib olgan hududlarni de-fakto berishga tayyor"

"Биз украиналиклар билан очиқ ва қийин мунозараларда 22 та ўта аниқ шартларни таклиф қилдик ва биз жуда кучли позицияда эканлигимизга ишонамиз", деди Келлог.

Oilalarga 75 000 000 so‘mgacha foizsiz qarz beriladi

Мазкур маблағлар Камбағалликни қисқартириш давлат мақсадли жамғармаси томонидан ажратилади.

1 maydan 500 kVt⋅soatgacha bo‘lgan yangi miqdor joriy qilindi​​​​​​​

Қолаверса, 201 кВт·соатдан 1000 кВт·соатгача бўлган дифференциаллашган тариф бўйича истеъмол миқдори орасига янги миқдор киритилмоқда.

Texas ko‘lida 2 metrlik mahluq qo‘lga tushdi, bu jahon rekordi bo‘lishi mumkin

Техасда балиқ овлаш бўйича жаҳон рекордчиси қайтиб келди ва ўз ҳаётидаги энг қийин овда кўлнинг лойқа сувлари остида яна бир ажойиб воқеани яратди.

Ingliz manbasi: Husanov Gvardiola bilan tortishib qoldi

Бу ҳақда Х ижтимоий тармоғидаги Real Talk Manchester City аккаунти хабар берди.

“Tez orada Xudoning yordami bilan — bu butun Isroil yurti bo‘ladi”

Исроил оммавий ахборот воситалари шундай ёзув билан тарихий Фаластиннинг бутун ҳудудини қамраб олган харитани эълон қилишди.

Hindistonlik talaba Toshkent tibbiyot akademiyasidan norozi bo‘ldi

Унинг сўзларига кўра, тиббиётга оид фанлардан кўра инглиз тили дарслари кўпроқ ўтилади

Qashqadaryoda talabalar trend video oldi va,,,

Винеткага тушиш мақсадида ижтимоий тармоқларга тренд видео қилганмиз. Бу эса ижтимоий тармоқларда тарқалиб кетибди.

Fransiya Rossiya G‘alaba bayramiga taklif qilinmaganidan g‘azablandi

Франция Россия Ғалабанинг 80 йиллигига бағишланган тадбирларга таклиф этилмаганидан норози.

Putinning vorisi kim bo‘ladi? U kimni tanlaydi?

Путин кетса, ким келади? Россияда ворислар ҳақида очиқ баёнот.

Putin: "Rossiyaning bir o‘zi butun boshli G‘arbga qarshi turibdi"

Россия бутун Ғарбга қарама-қаршиликда моҳиятан ёлғиз

Braziliyada Ledi Gaga konserti vaqtida sodir etilgan teraktning oldi olindi

Бу ҳақда Рио Гранде-ду-Сул штати ҳуқуқ-тартибот идоралари маълум қилди.

Trampning aytishicha, Rossiya "butun Ukraina uchun kurashmoqchi"

АҚШ президенти Доналд Трамп “Россия бутун Украинани хоҳлайди ” деб ҳисоблайди. Бу ҳақда Украинанинг “Обозревател” нашри ёзмоқда .

AQSh Ukraina bo‘yicha kelishuvdan bosh tortsa, Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilishi mumkin

Бу ҳақда Америка етакчиси Доналд Трамп NBC News телеканалига берган интервьюсида айтиб ўтди.

AQSh Sanadagi hutiylarning qurol omborlariga zarba berdi

Бу ҳақда Ал Арабия телеканали хабар берди.

Pokiston BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda yig‘ilishini talab qilmoqda

Бу ҳақда Покистон миссияси вакили Аманат Али маълум қилди.

Tramp 1963 yilda yopilgan Alkatrazni qayta ochishni buyurdi

Бу ҳақда АҚШ президенти Доналд Трамп Truth ижтимоий тармоғида маълум қилди.

Keyingi haftada sayyoramiz atrofida 53 yildan buyon aylanib yurgan 500 kilogrammlik sovet kemasi Yerga qulaydi

1972 йилда учирилган «Космос 482» кемаси Венерага учиши керак эди, аммо носозликлар туфайли у ҳеч қачон Ер ёнидаги орбитадан чиқа олмади ва энди тахминан 10 майда Ерга қулайди.

Tramp yana Grenlandiya va Kanadani "qo‘shib olish" haqida gapirdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Канада АҚШ таркибига ҳарбий куч билан қўшилишини реал деб ҳисобламаслигини айтди.

Hindiston Pokiston bilan chegaradagi Baglixar to‘g‘oni orqali suv oqimini to‘xtatdi

Бу ҳақда PTI агентлиги хабар берди.

Si Szinpin Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keladi

Бу ҳақда Кремл матбуот хизмати хабар берди.

Germaniyada migrasiya siyosati kuchaytiriladi

Германия чегараларида назоратни кучайтириш ва миграция сиёсатини кучайтириш бўйича буйруқ беришини маълум қилди.

ID G‘azo sektori bo‘ylab quruqlikdagi operasiyalarni e’lon qildi

Бу ҳақда армия матбуот хизмати хабар бермоқда, деб ёзади “Репорт” .

O‘zbekistonlik chavandoz Erondagi turnirda oltin medal qo‘lga kiritdi

Теҳронда от спортининг конкур йўналиши бўйича CSIY-B халқаро турнири бўлиб ўтди.

Litvada NATO xalqaro mashg‘ulotlari boshlandi

Литвада Германиянинг 30 та вертолёти иштирокида НАТОнинг халқаро ҳарбий машғулотлари бўлиб ўтмоқда, деб хабар берди ТАСС.

36 soat davomida timsohlar orasida qolgan aviahalokat jabrlanuvchilari qutqarildi

1 май куни Боливиянинг шимолида жойлашган Буарес шаҳридан Тринидадга йўл олган кичик самолёт Амазонка ботқоқларига мажбурий қўнди. Бу ҳолат двигателдаги носозлик сабаб юз берган.

Isroilning G‘azoga bergan oxirgi zarbalarida 39 kishi halok bo‘ldi

Исроил Қуролли кучлари (ЦАХАЛ) томонидан Ғазо секторига уюштирилган сўнгги ҳаво зарбалари натижасида камида 39 киши ҳалок бўлди.

Soyabon orqali sodir etilgan jinoyat yoki Georgiy Markovning sirli o‘limi

Георгий Марков – Болгарияда машҳур бўлган ёзувчи ва драматург, бир пайтлар ҳукумат раҳбари Тодор Живковнинг оиласига яқин инсон бўлган.

BMT sudyasi 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi

Ҳукмни эълон қилган судья бу ишни “жуда қайғули ҳолат” деб атади. У Мугамбенинг инсон ҳуқуқларини ҳимоя қилиш соҳасидаги юридик ютуқларини алоҳида эътироф этди.

Andijonda yuqori tezlikda haraqatlangan Lacetti devorga urildi

Ушбу ЙТҲ оқибатида автомашина олди ўриндиғида бўлган йўловчи тан жароҳати олиб, туман шифохонасига мурожаат қилган.

Farg‘onada mashinasining gaz balloni portlagan haydovchi 3 yilga qamaldi

Портлаш оқибатида шу атрофда бўлган фуқаро А.А. тан жароҳати олиб, кўрсатилган тиббий муолажаларга қарамасдан вафот этган.