O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Dohaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Dohaga jo‘nab ketdi

23 va 26 mart kunlari futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Doxada qatarlik tengqurlariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.Timur Kapadze boshchiligidagi jamoa bugun Qatarga yo‘l oldi.

Futbolchilarimiz kecha safar oldidan “Do‘stlik” stadionida so‘nggi mashg‘ulotni o‘tkazishdi. Eslatib o‘tamiz, o‘rtoqlik o‘yinlari 15-aprel – 3-may kunlari Qatar yashil maydonlarida o‘tadigan Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi U23 Osiyo kubogi oldidan so‘nggi tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!