O‘zbekiston MTJning Yaponiyaga qarshi o‘yini bekor qilindi

O‘zbekiston MTJning Yaponiyaga qarshi o‘yini bekor qilindi

O‘zbekiston MTJning Yaponiyaga qarshi o‘yini bekor qilindi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

"Ma’lumki, dunyoning ko‘plab mamlakatlarida koronavirusning “omikron” shtammiga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Xususan, ayni kunlarda Yaponiyada ham karantin choralari kuchaytirilmoqda. Shu sababli hukumat tavsiyasiga ko‘ra, Yaponiya futbol assosiasiyasi 21 yanvar kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qilishga majbur bo‘ldi.

Ayni vaqtda O‘FA mutaxassislari va O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi ushbu sanada boshqa raqib bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazish borasida ish olib bormoqda".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!