O‘zbekiston havo floti kunida Mudofaa vazirligi aviashou o‘tkazdi

O‘zbekiston havo floti kunida Mudofaa vazirligi  aviashou o‘tkazdi

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan “Chirchiq” poligonida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda so‘z olganlar sohaning bugungi kundagi rivoji, ushbu yo‘nalishda hayotga tatbiq etilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib, soha fidoyilarini kasb bayrami bilan samimiy qutladi. Marosimda yig‘ilganlar uchun zamonaviy uchish texnikalari namoyish etildi va o‘ziga xos aviashou tashkil qilindi.

Shuningdek, tadbir boshida harbiy uchuvchilarni yod etish monumentiga tashrif buyurilib, marhum uchuvchilar xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Yodgorlik monumenti yonida Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy orkestrining musiqiy chiqishlari yig‘ilganlarga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishladi.

Undan tashqari, marosimda mudofaa vazirligining bir qator mas’ul ofiserlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi. 

Marosimda harbiy havo kuchlari qo‘mondonligining bir guruh harbiy xizmatchilariga Mudofaa vazirligining «Namunali xizmati uchun» ko‘krak nishoni, faxriy yorliq hamda qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, har yil avgust oyining uchinchi yakshanbasida O‘zbekiston aviasiyasi tashkil qilingan kun nishonlanadi. Ushbu kun O‘zbekiston havo floti sohasida ishlayotgan xodimlarning kasb bayrami hisoblanadi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!