O‘zbekiston energetikasida «ijtimoiy norma» tizimi joriy qilinadi

O‘zbekiston energetikasida «ijtimoiy norma» tizimi joriy qilinadi

Unga ko‘ra, elektr energiyasi narxi iste’molchilarning I va II guruhlari uchun o‘zgarishsiz qoldirilgan — 1 kVt.soat uchun 1000 so‘m hamda 900 so‘mdan. Uchinchi guruh iste’molchilari, xususan, ovqat tayyorlash uchun markazlashgan holda elektr plitalari bilan jihozlangan ko‘p qavatli uy-joylar va yotoqxonalarda yashovchilar uchun bir oylik iste’moldan kelib chiqib, qolgan barcha iste’molchilar uchun bir oydagi iste’moldan kelib chiqqan holda:

— 201-1000 kVt.soatni tashkil etsa – 900 so‘m;
— 1000 dan 5000 kVt.soatgacha – 1350 so‘m;
— 5000 dan 10000 kVt·soatgacha – 1575 so‘m;
— 10 ming kVt.soatdan oshsa – 1800 so‘m etib belgilandi.

Tabiiy gaz narxi esa barcha iste’molchilar (kubometri uchun 1500 so‘mdan) hamda yirik ulgurji iste’molchilar va byudjet tashkilotlari uchun (kubometri uchun 1800 so‘mdan) o‘zgarishsiz qoldirilgan.

Kommunal ehtiyojlar uchun aholiga mavsumga qarab narx belgilanadi. Jumladan, noyabr-fevral oylari uchun bir oylik iste’moldan kelib chiqib:

— oyiga 500 kub/metrgacha – 650 so‘m;
— oyiga 501 kub/metrdan 2 500 kub/metrgacha – 1 500 so‘m;
— oyiga 2 501 kub/metrdan 5 000 kub/metrgacha – 1 950 so‘m;
— oyiga 5 001 kub/metrdan 10 000 kub/metrgacha – 2 275 so‘m;
— oyiga 10 001 kub/metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so‘mdan to‘lashi kerak bo‘ladi.

Mart-oktyabr oylarida esa:

— oyiga 100 kub metrgacha – 650 so‘m;
— oyiga 101 kub metrdan 2 500 kub metrgacha – 1 500 so‘m;
— oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha – 1 950 so‘m;
— oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha – 2 275 so‘m;
— oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori miqdorda tabiiy gaz iste’mol qiladiganlar bir kub metr uchun 2 600 so‘mdan to‘laydi.

Aholiga maishiy ehtiyojlar uchun sotiladigan suyultirilgan gazning bir kilogrammi uchun to‘lov 1600 so‘m etib belgilanmoqda. Shuningdek, ehtiyojmand oilalarga 2024/2025 yilgi isitish mavsumida (noyabr-fevral oylarida) energetika to‘lovlari uchun 270 ming so‘mlik bir martalik yordam pullari beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!