O‘zbekiston bo‘yicha YAIMning shakllanishida qaysi hudud eng katta ulushga ega?
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyun holatiga O‘zbekistonda YAIMning shakllanishida Toshkent shahri 19 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shgan.
Toshkent (10,2 % ) va Navoiy (8,5 %) viloyatlari keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.
Respublika YAIMini shakllantirishda eng kam ulush Sirdaryo (1,9 %), Jizzax (2,8 %) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (2,8 %) to‘g‘ri kelgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)