O‘zbekiston 7 oyda qancha oltin sotdi?

O‘zbekiston 7 oyda qancha oltin sotdi?

2020 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston 3,2 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.

Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yil yanvar-iyul oylariga nisbatan o‘sish 95,3 foizni tashkil etdi. 2020 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonning eksport tarkibida oltinning ulushi 39,8 foizga teng bo‘ldi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, so‘nggi yillarda O‘zbekiston oltin eksportini oshirdi. Oltin eksporti 2015 yilda 823,9 million dollardan, 2016 yilda 738,2 million dollardan, 2017 yilda 1,6 milliard dollardan, 2018 yilda 2,91 milliard dollardan va 2019 yilda 4,9 mlrd dollardan ortiqroqni tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!