“Uzbekistan GTL” loyihasiga 2,3 mlrd dollar miqdorida investisiya jalb etilmoqda

“Uzbekistan GTL” loyihasiga 2,3 mlrd dollar miqdorida investisiya jalb etilmoqda

Toshkent shahrida O‘zbekistonning neft-gaz sanoatidagi eng muhim loyihalaridan biri bo‘lgan “Uzbekistan GTL” zamonaviy korxonasini moliyalashtirish uchun umumiy qiymati 2,3 milliard AQSh dollarlik hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda Xitoy taraqqiyot banki, Koreya Respublikasi Eksport-import banki, Koreya Respublikasi Savdo va sug‘urtalash korporasiyasi, “Gazprombank“ aksiyadorlik jamiyati, Eksport kreditlari va investisiyalari sug‘urtasi bo‘yicha Rossiya agentligi, shuningdek, Shveysariya va Yaponiyaning yirik banklari, xorijlik ekspertlar, soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Aytish joizki, G‘uzor tumanida bunyod etilayotgan bunday zavodlar dunyoda sanoqli hisoblanadi. Ayni paytda GTL zavodlari JAR, Malayziya va Qatarda mavjud, xolos.

O‘zbekistonda ushbu zavodning ayni paytda qurilish ishlarining 60 foizi bajarildi. Kelgusi yilda bunyodkorlik yumushlarning qolgan qismi bajarilib, 2020 yilda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

“Mintaqamizdagi noyob loyihani moliyalashtirishda o‘n bitta davlatning moliyaviy tuzilmalari ishtirok etmoqda, - dedi “O‘zbekneftgaz“ AJ boshqaruvi raisi Bahrom Ashrafxonov. - Shuning o‘ziyoq O‘zbekiston va neft-gaz sanoatining investisiyaviy jozibadorligi ortib borayotganidan dalolat beradi. Mazkur zavod ishga tushirilishi tufayli gazni o‘zimizda chuqur qayta ishlash hajmi ortib, import keskin kamayadi, eksport imkoniyatlari kengayadi“.

“Gazdan suyuqlik“ texnologiyasiga asoslangan ushbu zamonaviy zavodda “Evro-5“ standartlariga to‘la javob beradigan 1,5 million tonnadan ortiq sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqariladi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!