O‘z turmush o‘rtog‘iga OITS yuqtirgan sirdaryolik kelinga hukm o‘qildi

O‘z turmush o‘rtog‘iga OITS yuqtirgan sirdaryolik kelinga hukm o‘qildi

Qonunchiligimizda nikohdan o‘tuvchilarga tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari belgilangan, chunki sog‘lom oila-bu kelajak poydevoridir.
OITS kasalligi bo‘yicha ko‘p ma’lumotga egamiz, o‘quv yurtlarida, tibbiyot maskanlarida, OAVda va mutasaddi tashkilotlarida ham bu haqida juda ko‘p targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda.
Afsuski bu da’vosi yo‘q dardga viloyatimizda ham ayrim yurtdoshlarimiz ham chalingan. 
Sirdaryolik Xasanova Feruza (ismi-famiyaliyasi o‘zgartirilgan) hamma ayollarga o‘xshab oila qurib, baxtli bo‘lmoqchi edi, lekin u 2016 yilda OITS kasalligiga duchor bo‘ldi, shu og‘ir dardga chalingan bo‘lsa ham oila qurishga qaror qildi. 
Sud, ushbu jinoyat ishini har tomonlama ko‘rib chiqib, F.Xasanovani O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topib, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, muqaddam sudlanmaganligini va eng asosiysi jabrlanuvchining hech qanday da’vosi yo‘qligini inobatga olib, F.Xasanovaga O‘zbekiston Respublikasi JKning 113-moddasi 4-qismi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, sutkaning soat 22:00 dan 06:00 gacha yashash joyidan chiqishi cheklangan holda 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.
B.Mamadaminov,
Jinoyat ishlari bo‘yicha Xovos tuman sudining sudyasi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!