Uy qamog‘idagi ayrim shaxslar elektron braslet orqali nazorat qilinadi

Uy qamog‘idagi ayrim shaxslar elektron braslet orqali nazorat qilinadi

🔰 Qonunga ko‘ra, shaxsni probasiya hisobiga qo‘yish mazkur shaxsning yashash joyidagi tuman (shahar) probasiya bo‘linmasining xodimi tomonidan probasiyaga oid axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish orqali amalga oshiriladi.

✔️ Elektron kuzatuv vositasi (elektron braslet) ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash tartibi talablarini bajarmayotganligi to‘g‘risida rasmiy ravishda ogohlantirilgan yoki ozodlikni cheklash tarzidagi jazoni o‘tash davrida jamoat tartibini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan probasiya nazoratidagi shaxsga nisbatan tuman (shahar) probasiya bo‘linmasi boshlig‘ining qarori asosida qo‘llaniladi.

📝 Probasiya nazoratidagi shaxslarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish ularda qonunga itoatkorlik xulq-atvorini va jamiyatda yurish-turish qoidalariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.

🗓 Probasiya nazoratidagi shaxslarning xulq-atvori belgilangan mezonlar asosida har 3 oyda baholanadi va ularning ijtimoiy-psixologik qiyofalarida aks ettiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!