Urugvay milliy terma jamoasi China Cup 2019 g‘olibi bo‘ldi

Urugvay milliy terma jamoasi China Cup 2019 g‘olibi bo‘ldi

Xitoyning Nanning shahrida China Cup 2019 xalqaro turniri yakunlandi.


Finalda Urugvay milliy jamoasi Tailand milliy jamoasi bilan bellashdi va 4:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar Vesino, Pereyra, Stuani va Gomes hisobiga yozildi.Avvalroq, 3-o‘rin uchun o‘tgan bahsda O‘zbekiston milliy jamoasi Xitoy milliy jamoasini 1:0 hisobida yenggan edi.

Urugvay turnir yarim finalida aynan O‘zbekistonni dog‘da qoldirgandi (3:0).
Urugvay milliy terma jamoasi hujumchisi Stuani 3ta gol bilan musobaqa to‘purari bo‘ldi.

China Cup 2019
Final
25 mart, Nanning
Tailand Urugvay 0:4
Gollar:
Vesino (6), Pereyra (38), Stuani (58), Gomes (88)

Manba: zamin. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!