O‘quvchilar maktabga telefon olib borishi mumkinmi? Ularga nimalar taqiqlanadi?

O‘quvchilar maktabga telefon olib borishi mumkinmi? Ularga nimalar taqiqlanadi?

O‘quvchi maktabga telefon olib borishi mumkinmi? Quloqchin orqali musiqa tinglashi-chi? Kalkulyator, kalendar, bloknotdan foydalanishi bo‘yicha taqiqlar bormi? Bu savollarga quyida javob topishingiz mumkin.
Ta’lim muassasalari hududi va xonalarida ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

  • telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida va shu kabilarda saqlash;
  • telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

 telefoni yordamida:

  • atrofdagilarga zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va suratlarni namoyish qilish;
  • ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizm holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar yetkazish;

o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida:

  • telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;
  • telefonni stol ustiga qo‘yish;
  • musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;
  • surat va video tasvirlarni ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida foydalanish;

suratga olish va video tasvirga tushirish:
telefon (GPRS, Bluetooth, Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

Manba: qalampir.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!