Umumta’lim muassasalarida yuqori tezlikka ega internet tarif rejasi joriy qilinadi

Umumta’lim muassasalarida yuqori tezlikka ega internet tarif rejasi joriy qilinadi

Prezident farmoniga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, 2024 yil 1 yanvardan boshlab Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim tashkilotlarida New Education tarif rejasi joriy etiladi.

"Ta’lim nazorati" kanali xabarida aytilishicha, bunda ta’lim muassasalaridagi bolalar sonidan kelib chiqib, New Education tarif rejasi internet tezligi hajmlari belgilanadi.

Ta’lim muassasalarida 400 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida Internet tezligi kamida 40 Mbit/s, o‘quvchilar soni 400 nafardan ko‘p bo‘lganlarda – kamida 100 Mbit/s bo‘ladi.

New Education tarif rejasining har bir tezlikdagi paketi uchun har oylik abonent to‘lovi miqdorlarini belgilash va bunda ta’lim tashkilotlari tomonidan internet xizmatlaridan tungi vaqtda foydalanilmasligi inobatga olinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!