"O‘ldim deb o‘ylagandim": taniqli aktyor bezorilar tomonidan ayovsiz kaltaklandi (VIDEO)

"O‘ldim deb o‘ylagandim": taniqli aktyor bezorilar tomonidan ayovsiz kaltaklandi (VIDEO)

Sobiq UFC jangchisi, aktyor va prodyuser Oleg Taktarov Meksika janubidagi Kintana-Ru shtatida qattiq kaltaklandi, deb yozadi «TASS» Rossiyaning Lotin Amerikasidagi elchixonasi konsullik bo‘limi boshlig‘i Andrey Troyanovskiyga tayanib.

Uning so‘zlariga ko‘ra, sobiq sportchining hayotiga hech narsa tahdid solayotgani yo‘q, hujumni tergov qilish davom etmoqda.

«Pyatiy kanal» xabariga ko‘ra, sport jurnalisti Aleksandr Lyutikov ham Taktarovning kaltaklangani haqida gapirgan, u ham aktyor bilan videoni chop etgan.

Unda Taktarov odamlarni tinch qo‘yishni iltimos qilib, boshqalarni «dahshatga solgan» guruhga murojaat qilganini aytdi. U nima e’tirozlari bo‘lsa, o‘ziga aytishlarini, qolganlarini esa uyiga qo‘yib yuborishni taklif qildi. Ammo so‘ng o‘zi kaltaklar ostida qoldi va hatto o‘ldim deb ham o‘ylagan.

Keyinroq hodisani bartaraf etish uchun federal polisiya vakillari yetib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!