"Ular endi yo‘q": Ramzan Qodirov otasining qabri ustida qilgan qasamyodini bajardi

"Ular endi yo‘q": Ramzan Qodirov otasining qabri ustida qilgan qasamyodini bajardi

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov asosiy burchini bajardi – u respublikada yashirin ravishda jinoiy guruhni yo‘q qildi. Ramzan otasining qabri oldida shunday qasamyod qilgandi va u va’dasini bajardi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu katta yuk edi, ammo otasi – Axmat Qodirov boshlagan ishdan voz kecha olmadi. U o‘zining VKontaktedagi sahifasida shunday bayonot bilan chiqdi.

"Boshliqlar qo‘mondoni" ning amiri deb nomlangan "amirlar" boshchiligidagi butun yashirin jinoiy guruhni tugatish to‘g‘risidagi buyruq bugun bajarildi va men otamning qabri oldida qilgan qasamyodimni ado etdim", - deb yozgan Qodirov.

U va’dani bajarish uchun bir nechta uyqusiz tunni boshdan kechirgani va keskin harakatlar qilganini tan oldi.

Ma’lumot uchun, Aslan Byutukayevning to‘dasini tugatish 20 yanvarda yakunlandi. Uning olti a’zosi federal qidiruvda bo‘lgan, ammo u ikki marta ta’qiblardan qochishga muvaffaq bo‘lgan. Uch nafar terrorchi Checheniston, biri Astraxan, beshinchisi Qozog‘istondan bo‘lgan. Shuningdek, to‘dada o‘tgan yili qidiruvga berilgan ukrainaliklar bo‘lgan.

Qodirov o‘zining telegram-kanalida so‘nggi olti jangarining fotosurati va hujjatini e’lon qildi. U maxsus operasiya uzoq vaqtdan beri rejalashtirilganligini va rejani ishlab chiqishda shaxsan o‘zi ishtirok etganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!