Ukrainada karantin 22 iyungacha uzaytirildi. Ammo...

Ukrainada karantin 22 iyungacha uzaytirildi. Ammo...

Ukraina Vazirlar Mahkamasi karantin cheklovlarini 22 iyunga qadar uzaytirdi hamda 22 maydan cheklov choralarini yumshatishning ikkinchi bosqichiga o‘tishga qaror qildi. Hukumat bu qarorni 20 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda qabul qildi, deb xabar bermoqda TASS.

Bosh vazir Denis Shmigalning tushuntirishicha, karantin “adaptiv model” bo‘yicha amalga oshiriladi. “Bu texnologik, ekologik xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha mintaqaviy komissiyalarga avariya holatlarida epidemiyaga qarshi cheklovlarni kuchaytirishga imkon beradi”, deydi vazir.

Hukumat qaroriga binoan, may oyidan jamoat transporti faoliyatini qayta boshlaydi, ammo mintaqalararo yo‘lovchi tashish taqiqlanadi. Mehmonxonalar ochiladi. Shu vaqtdan boshlab tomoshabinlarsiz sport tadbirlariga ham ruxsat beriladi. Shu bilan birga, hukumat metro va bolalar bog‘chalarini tiklashni 25 maygacha kechiktirishga qaror qilgan.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, aeroportlar faoliyatini 15 iyundan oldin tiklashning iloji yo‘q. Chunki baribir, boshqa mamlakatlar aeroportlari yopiq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!