Ukraina Rossiya va Turkiya bilan Qora dengizda yuk tashish bo‘yicha kelishuvni buzdi

Ukraina Rossiya va Turkiya bilan Qora dengizda yuk tashish bo‘yicha kelishuvni buzdi

💬Rossiya va Ukraina Turkiya bilan Qora dengizda xavfsiz navigasiya bo‘yicha kelishuv bo‘yicha muzokaralar olib bordi, biroq ikki oylik muhokamadan so‘ng Kiyev undan voz kechdi, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on kelishuvni 30 mart kuni e’lon qilishi rejalashtirilgan edi, biroq Ukraina tomoni so‘nggi daqiqada rad javobini berdi, dedi agentlik suhbatdoshlaridan biri, yana uch nafari ma’lumotni tasdiqladi. Kiyevning bunday qarorga kelish sababi noma’lum. BMT tomonlarni muzokaraga undadi.

📃Reuters ham kelishuv hujjatining nusxasi ixtiyorida edi. Unda aytilishicha, Turkiya «vositachilik harakatlarining bir qismi sifatida» Ukraina va Rossiya bilan «Qora dengizda savdo kemalarining erkin va xavfsiz suzishini ta’minlash bo‘yicha» kelishuvlarga erishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!