Ukraina qo‘shinlari Belovskiy tumaniga bostirib kirishdi

Ukraina qo‘shinlari Belovskiy tumaniga bostirib kirishdi

Kursk viloyatida Ukraina qo‘poruvchilik va razvedka guruhining kirib kelishi qayd etilgan. Bu haqda viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, voqea 10 avgust kuni Belovskiy tumanida sodir bo‘lgan.

«Ayni paytda Belovskiy va Oboyanskiy tumanlarida harbiy to‘qnashuvlar kuzatilmagan, chegarachilar va harbiylar chegarani qo‘riqlamoqda. Bizning qo‘shinlarimiz tinch aholini himoya qilish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni qilmoqda», — dedi u.

Avvalroq Belovskiy tumani rahbari Nikolay Volobuyev «chegara hududlaridagi tushunarsiz lahzalar» haqida gapirgan edi.

6 avgustdan beri Kursk viloyatining Ukraina bilan chegarasida vaziyat keskinligicha qolmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina kuchlarining Sudjenskiy tumanidagi Rossiya pozisiyalariga hujum qilgani haqida xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!