Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya suv osti kemasi cho‘kib ketganini e’lon qildi

 Ukraina Qurolli Kuchlari Rossiya suv osti kemasi cho‘kib ketganini e’lon qildi

Ukraina Qurolli kuchlari bayonotiga ko‘ra, Sevastopol portida bo‘lgan Rossiya Qora dengiz flotining «Rostov-na-Don» suv osti kemasi muvaffaqiyatli urib tushirilgan va darhol cho‘kib ketgan.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi, shuningdek, Qrim yarimorolidagi Rossiyaning S-400 zenit-raketa majmuasi muvaffaqiyatli yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Bu haqda bosh qarorgohning Facebook'dagi sahifasida e’lon qilingan bayonotda aytiladi.

Ilgari Rostov-Don suv osti kemasi 2023 yil 13 sentyabrda Ukraina raketa hujumi natijasida jiddiy zarar ko‘rgan edi.

Bayonotda, shuningdek, Ukraina raketa va dengiz kuchlari juma kuni to‘rtta «Triumf» havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi uchirgichlariga jiddiy zarar yetkazganligi qo‘shimcha qilingan.

Rossiya bu bayonotlarga hozircha javob bermadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!