Ukraina qarshi hujum oldidan Rossiya mudofaasiga bosimni oshirish uchun bir qator "shakllantiruvchi operasiyalar"ni boshladi

Ukraina qarshi hujum oldidan Rossiya mudofaasiga bosimni oshirish uchun bir qator "shakllantiruvchi operasiyalar"ni boshladi

Ukraina qarshi hujum oldidan Rossiya mudofaasiga bosimni oshirish uchun bir qator "shakllantiruvchi operasiyalar"ni boshladi. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Kremlga uchuvchisiz zarbalar, Belgorod viloyatida diversantlarning reydi, Qora dengiz flotining Ivan Xurs kemasiga hujum (va, ehtimol, bugungi kunda Moskvaga uchuvchisiz samolyot hujumi) Ukraina qurolli kuchlari tomonidan amalga oshirilgan bir qator "shakllantirish operasiyalari" ning bir qismidir, deb yozmoqda Financial Times. Nashrning qayd etishicha, kuchlar may oyida rejalashtirilgan qarshi hujumga tayyorgarlik ko‘rishni boshlagan.

Avvalroq CNN Ukraina Qurolli kuchlarining "shakllantiruvchi operasiyalari" haqida yozgan edi. Bunday operasiyalarning maqsadi dushmanni aldash, uning uchun noaniqlik holatini yaratish, resurslarni tarqatib yuborishga majburlash yoki uning tafakkuriga o‘zgacha ta’sir ko‘rsatish orqali yirik hujum oldidan jang maydonini "shakllantirish", deb tushuntiradi gazeta.

"Bunday operasiyalar ko‘zboylag‘ichlarning fokusiga o‘xshaydi: ular tomoshabinni aldaydi va e’tiborini boshqa tomonga yo‘naltiradi", — deydi Amerika zamonaviy urush institutida ishlaydigan sobiq AQSh armiyasi mayori Jon Spenser.

G‘arb tahlilchilariga ko‘ra, Ukraina Rossiyaning harbiy salohiyatini yo‘q qilishga qaratilgan maqsadli hujumlar bilan birga "shakllantirish operasiyalarini" davom ettiradi. "Ukrainaliklar sinovdan o‘tkazib, tadqiq qilish orqali qaysi usul qo‘l kelishi yoki ishlamasligini aniqlashmoqda", — dedi FTga ismini oshkor etmagan G‘arb rasmiysi.‌‌


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!