"Ukraina hali tinchlikdan uzoqda"

"Ukraina hali tinchlikdan uzoqda"

Ukrainada G‘arb davlatlarining diplomatik sa’y-harakatlari yo‘qligi tufayli haligacha tinchlik o‘rnatishdan yiroq, dedi Rossiyaning BMTdagi vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy.

"O‘ylaymanki, biz hozir tinchlikdan ancha uzoqdamiz", - deya Polyanskiyning so‘zlaridan iqtibos keltiradi RIA Novosti.

Unga ko‘ra, G‘arb davlatlari bu yo‘lda jiddiy diplomatik sa’y-harakatlar qilmayapti.

Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb Ukrainani faqat qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etadi va “mojaroni kuchaytiradi”.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!