Ukraina bilan urushga yollangan mahbuslar orasida yo‘qotishlar soni juda tez o‘smoqda

Ukraina bilan urushga yollangan mahbuslar orasida yo‘qotishlar soni juda tez o‘smoqda

Ukraina bilan urushga yollangan mahbuslar orasida yo‘qotishlar soni juda tez o‘smoqda.

Bu haqda "Mediazona", BBC media kompaniyasi va ko‘ngillilar tomonidan e’lon qilingan yangi xulosada ma’lum qilindi. Ular Ukrainada halok bo‘lgan 18 023 ta rus askarlarining ismlarini aniqladilar. 10 martdagi, avvalgi hisobotdan buyon ro‘yxatga 1200 dan ortiq kishi qo‘shilgan.

Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ismlari aniqlangan halok bo‘lgan rossiyalik 2,2 ming nafar harbiy xizmatchilar axloq tuzatish koloniyalaridan urushga jalb etilgan.

Ularning qo‘shimcha qilishicha, boshqa bo‘linmalar orasida yo‘qotishlar soni bu tarzda tez o‘smayapti. Masalan, halok bo‘lganlar orasida 1600 dan ortig‘i safarbar qilinganlar ekanligi tasdiqlangan. Shu bilan birga, tadqiqotchilar hatto safarbar qilinganlar orasida ham qamoqxonalardan jalb qilingan harbiy xizmatchilar yetarlicha ekanligiga aminlar, chunki safarbarlik tafsilotlari har doim ham oshkora e’lon qilinmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!