"Ukraina avvaldan bor edi, hozir ham mavjud, keyin ham bo‘ladi" — Podolyak Medvedevga javob qaytardi

"Ukraina avvaldan bor edi, hozir ham mavjud, keyin ham bo‘ladi" — Podolyak Medvedevga javob qaytardi

Ukraina prezident devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyak Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning Ukraina ikki yildan keyin mavjud bo‘lmaydi, degan so‘zlariga javob qaytardi.

"Ukraina avvaldan bor edi, hozir ham mavjud, keyin ham bo‘ladi. 2 yildan keyin D.Medvedev qayerda bo‘ladi, mana shu so‘roq ostida", — deb yozadi Podolyak.

15 iyun kuni ertalab Medvedev ikki yildan keyin jahon xaritasida Ukraina mavjudligini shubha ostiga oldi. U shu tariqa Ukraina rasmiylarining AQShga Lend-Liz dasturi doirasida ikki yil ichida to‘lov muddati kechiktirilgan holda suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha so‘roviga izoh berdi.

"Ikki yildan keyin Ukraina hatto jahon xaritasida mavjud bo‘ladi, deb kim aytdi? Garchi amerikaliklarga endi farqi bo‘lmasa-da, ular Rossiyaga qarshi loyihaga shunchalik ko‘p sarmoya kiritdilarki, qolgani ular uchun hech narsa emas", — deb yozadi Medvedev.

Podolyak esa Twitter’da bunday gapni faqat "katta komplekslarga ega kichkina odam" aytishi mumkin, deb yozdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!