O‘g‘limning familiyasini o‘zgartirgani va aliment olayotgani uchun shikoyat qilsam bo‘ladimi?

A A A
O‘g‘limning familiyasini o‘zgartirgani va aliment olayotgani uchun shikoyat qilsam bo‘ladimi?

— Bir nafar bolaga aliment to‘lardim. Yaqinda sobiq xotinim o‘tgan yili turmushga chiqqani va eri o‘g‘limni farzandlikka olganini bilib qoldim. Mening roziligimsiz bu ishni qanday qilgan bilmayman. So‘ramoqchi bo‘lganim, roziligimsiz o‘g‘limning familiyasini o‘zgartirgani va shuncha paytdan beri aliment olib kelayotgani uchun ustidan shikoyat qilsam bo‘ladimi?
Ismi sir tutildi.

Rustam Norxujayev, Toshkent shahar sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi:
— Oila kodeksining 151-moddasiga asosan farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni istagan shaxslarning (shaxsning) arizasiga ko‘ra, vasiylik va homiylik organlarining farzandlikka olishning asosliligi va farzandlikka olinayotgan bola manfaatlariga to‘g‘ri kelishi haqidagi xulosasi hisobga olingan holda sud tomonidan amalga oshiriladi.
Ushbu Kodeksning 159-moddasiga ko‘ra, bolani farzandlikka olish uchun farzandlikka olinayotgan bola ota-onasining roziligi talab etiladi.
Ota-onaning bolaning farzandlikka olinishiga roziligi notarial tasdiqlangan yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bola joylashgan muassasa rahbari tomonidan yoki farzandlikka olish amalga oshirilayotgan joydagi yoxud ota-ona doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joydagi vasiylik va homiylik organi tomonidan tasdiqlangan arizada bayon etilgan bo‘lishi kerak, shuningdek farzandlikka olish to‘g‘risida ish yuritilayotganda bevosita sudda bayon etilishi mumkin.
Sud tomonidan farzandlikka olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori chiqarilguniga qadar ota-ona bolaning farzandlikka olinishiga bergan roziligini qaytarib olishga haqli.
Oila kodeksining 160-moddasida farzandlikka olishda ota-onaning roziligi talab qilinmaydigan quyidagi holatlar belgilab qo‘yilgan:
• ota-onaning kimligi noma’lum bo‘lsa;
• ota-ona ota-onalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lsa;
• ota-ona muomalaga layoqatsiz, bedarak yo‘qolgan deb topilgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bo‘lsa;
• ota-ona bir yildan ortiq muddat davomida bolalar yoki davolash muassasalaridagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bo‘lsa.
Shu sababli agar bolangizni farzandlikka olishda belgilangan tartibda sizning roziligingiz olinmagan bo‘lsa, shuningdek, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan ota-onaning roziligi talab qilinmaydigan holatlar, jumladan otalik huquqidan mahrum qilingan bo‘lmasangiz, farzandlikka olish haqidagi ariza bo‘yicha chiqarilgan sudning hal qiluv qaroriga nisbatan qonunda belgilangan tartibda apellyasiya shikoyati bilan yuqori turuvchi sudga murojaat qilish huquqingiz mavjud.
Oila kodeksining 147-moddasiga asosan aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvda belgilangan aliment majburiyatlari taraflardan birining o‘limi, mazkur kelishuv muddatining o‘tishi yoki unda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra tugaydi.
Sud tartibida undiriladigan aliment to‘lash:
• bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to‘la muomala layoqatiga ega bo‘lganda;
foydasiga aliment undirilayotgan bola farzandlikka olinganda;
• sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj bo‘lmay qolgan deb topganda;
• mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki xotin yangi nikohga kirganda;
• aliment oluvchi yoki aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxs vafot etganda tugatiladi.
Mazkur qonun talabidan kelib chiqib, bolangiz farzandlikka olingan bo‘lsa, uning ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyatingiz ham tugaydi.
Oila kodeksining 143-moddasiga ko‘ra, alimentni qaytarib olishga yo‘l qo‘yilmaydi, quyidagi hollar bundan mustasno:
• aliment oluvchi tomonidan yolg‘on ma’lumotlar berish yoki qalbaki hujjatlar taqdim etish oqibatida aliment undirish to‘g‘risida chiqarilgan sudning hal qiluv qarori bekor qilinganda;
• aliment oluvchi tomonidan aldash, qo‘rqitish yoki zo‘rlik ta’siri ostida tuzilgan aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv haqiqiy emas deb topilganda;
• aliment to‘lanishiga asos bo‘lgan sudning hal qiluv qarori, aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuv yoki ijro varaqasi qalbakiligi fakti sud hukmi bilan aniqlanganda.

Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida ko‘rsatilgan harakatlar voyaga yetmagan bolaning yoki voyaga yetgan muomalaga layoqatsiz aliment oluvchining vakili tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, aliment qaytarib olinmaydi, to‘langan aliment summalari esa, aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning da’vosiga ko‘ra aybdor vakildan undiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

"Kim Chen Inni sud qilish vaqti keldi"

Украиналикларга Ким Чен Инни судга бериш маслаҳат берилди.

Xabi Alonsoga "Real"ning yulduz vingeri kerak emas

Хаби Алонсо Родригога "Реал"нинг асосий таркибидан жой тополмаяпти.

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish uchun ikkita shartni ilgari surmoqda — Bild

Айни дамда Оқ уй Трампнинг Путин билан суҳбати натижа бериб, рус етакчиси ўз шартларини юмшатишига умид билдирмоқда.

Istanbuldagi muzokarada Rossiya Ukrainaga beshta shart qo‘ydi

Истанбулда Украина билан ўтказилган музокарада Россия ўзининг асосий талабларини маълум қилди. Бу ҳақда Россия делегацияси вакили Владимир Мединский маълум қилди, деб хабар беради Clash Report.

"Rossiyadan qo‘rqganimda, mudofaa vaziri bo‘lmasdim"

Россиядан қўрқганимда, мудофаа вазири бўлмасдим — Эстония мудофаа вазири Ханно Певкур лавозимни қандай эгаллаганини айтиб берди.

Qo‘qon shahrida sodir bo‘lgan holat yuzasidan ma’lumot

Дастлабки маълумотларга кўра 7 нафар фуқаро шифохонага мурожаат қилган. Тиббий кўрикдан ўтказилиб, аҳволлари яхши бўлганлиги боис уйига рухсат берилган.

Rossiya Qrimdan harbiy texnikani olib chiqib ketmoqda

Россия Севастополдаги ҳарбий базадан ҳарбий техникани оммавий равишда олиб чиқиб кетмоқда, чунки у фронтда тақчил, деб хабар берди "АТЕШ".

F-35 endi yashirina olmaydi! Rossiya va Xitoy radarlari amerikalik qiruvchilarni aniqlayapti

Россия ва Хитой радарлари Американинг F-35 қирувчи самолётларини аниқлаши ва кузатиши мумкин, деб ёзади The National Interest.

Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish bo‘yicha yakuniy qarorni e’lon qildi

Полша Украинага қўшин юбормоқчи эмас , бу якуний қарор. Бу ҳақда мамлакат бош вазири Доналд Туск ТВП Инфо каналида маълум қилди .

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Qozog‘iston Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rmoqdami yoki bu shunchaki ichki chorami?

Қозоғистон Россия билан уруш ҳақида гапирди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Fermer "er kovlab," o‘z maydonidan oltin topdi

Тахминий ҳисоб-китобларга кўра, унинг ерларида 150 тоннага яқин олтин мавжуд.

Rossiyada o‘zbeklar va shimoliy koreyaliklar o‘rtasida mushtlashuv sodir bo‘ldi

Россиянинг Приморск ўлкаси, Арсенев шаҳридаги қурилиш майдонида ўзбекистонлик ва шимолий кореялик ишчилар ўртасида можаро келиб чиқди.

Shimoliy Koreyada harbiy kemani ishga tushirish vaqtida baxtsiz hodisa yuz berdi, bu mamlakat prezidentiga yoqmadi

Бу ҳақда Корея марказий ахборот агентлиги (KCNA) хабар бермоқда.

40 yil Afg‘onistonda yashagan sobiq sovet harbiysi Rossiyaga qaytdi

60 ёшга кирган Нурмомад ҳозирда маҳаллий электр станциясида ишлайди ва йўл қурилиши билан шуғулланади.

​​​​​​​AQShda Isroil elchixonasining ikki xodimi o‘ldirildi

Гумонланувчи қўлга олинган.

AQSHDA har beshinchi bola semirib ketgan

Бу ҳақда Америка президенти Доналд Трамп Оқ уйда сўзлаган нутқида айтиб ўтди.

Yaponiyada inson tushlarini yozib olish texnologiyasi yaratildi

Япониянинг Киото шаҳридаги ATR “Computational Neuroscience” лабораторияси томонидан инсон онгининг сирли олами — тушларни ёзиб олиш ва уларни қайта тиклаш бўйича илғор технология ишлаб чиқилди.

Taktik yadro quroli: Rossiya MiG va Su samolyotlariga yangi raketa o‘rnatmoqda

Россия тактик ядро зарядли янги бошқариладиган авиация ракетасини жорий этмоқда

Bosib olingan G‘arbiy Sohilda bir nechta ko‘chmanchilar hujumlari haqida xabar berildi

Босиб олинган Ғарбий Соҳил ва босиб олинган Шарқий Қуддусда кеча ва бугун кўчманчилар ҳужумлари авж олди:

Dunyo bo‘ylab o‘g‘irlangan iPhone'lar aynan bir joyda to‘planadi

Financial Times таҳририяти дунё бўйлаб iPhone'лар ўғирланишига оид йирик журналистик суриштирувни эълон қилди.

Firibgar kelinning siri fosh bo‘ldi

Фирибгар келиннинг сири фош бўлди

Shimoliy Koreya Yaponiya dengizi tomon qanotli raketalarini uchirdi

Ҳозирда снарядлар денгизга тушгани тахмин қилинмоқда.

O‘zbekistonda ekologik va atrof-muhit bo‘yicha Markaziy Osiyo tadqiqot markazi tashkil etiladi

Марказ Марказий Осиё минтақасида илмий тадқиқотлар, мутахассисларни тайёрлаш, технологиялар ва тажриба алмашиш, шунингдек, «ёшил» ва барқарор ривожланишни тарғиб қилиш учун платформа бўлади.

Qamchiqda Cobalt xandaqqa tushib ketdi

Автомобилда ҳайдовчи ва 3 нафар йўловчи бўлган.

Tojikistonda 2 yoshli bola bog‘chada karavotga osilib qolib, vafot etdi

Маълумотларга кўра, лоқайдликка йўл қўйган 29 ёшли ходимга нисбатан жиноят иши қўзғатилган

Yo‘l transport hodisasi oqibatida vafot etgan shaxsning qarindoshiga 100 mln. so‘m zarar undirildi

Жумладан, қарздорга ижро ҳужжати мазмуни тушунтирилиб, унинг талабини бажармаслик оқибатлари ҳақида огоҳлантириш берилган.

Marko Rubio: "Biz G‘azoga oziq-ovqat yetkazib berish hajmi oshishini kutyapmiz"

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Исроил томони билан Ғазога озиқ-овқат етказиб бериш ҳажмини ошириш бўйича музокаралар олиб бораётганини таъкидлади.

Pokistonda terrorchi maktab avtobusini portlatib yubordi

Ҳозирча ҳеч бир террорчи гуруҳ ҳужум учун жавобгарликни ўз зиммасига олмаган.

Bayden haqida dahshatli da’vo: “Umri 1,5 yildan ko‘p qolmagan”

Саратоннинг тезкор шакли ташхиси қўйилган Байденнинг умри 12 ойдан 18 ойгача қолган бўлиши мумкин.

Qizlar armiyada xizmat qilmagan yigitlarga turmushga chiqmasligi kerak

Қирғизистонлик депутат Надира Нарматова парламент йиғилишида шундай фикр билдирди.

Surxondaryoda fuqarolar qovundan zaharlanayotgani rostmi?

Ижтимоий тармоқларда Сурхондарё вилоятида етиштирилган қовун маҳсулотларида гўёки нитрат миқдори меъёрдан ортиқ экани ва уни истеъмол қилган фуқаролар заҳарланаётгани ҳақида хабарлар тарқалди.

Toshkentda fastfud sabab 10 oylik chaqaloqning chirigan ichagi kesib tashlandi

Бу ҳақда “Миллар” дастурида маълум қилинди.

AQSh Eron yadroviy inshootlariga yaqin orada zarba berishini e’lon qildi

Бу ҳақда вазиятдан хабардор америкалик расмийларга таяниб CНН хабар бермоқда .

Isroil G‘azoda o‘zini-o‘zi mudofaa amaliyotini kengaytirdi

Исроил армияси ўзини ҳимоя қилиш доирасида Ғазо секторидаги амалиётини кенгайтирмоқда, бироқ гаровга олинганларни озод қилиш бўйича келишувга эришилса, “ҳаракатларини тузатишга” тайёр.

AQSh bir qancha davlatlar bilan falastinliklarni G‘azodan ko‘chirish imkoniyatini muhokama qilmoqda

Қўшма Штатлар Ғазо секторидаги фаластинликларни у ерга вақтинча жойлаштириш имкониятини сўраб бир қатор давлатларга мурожаат қилди.