UFC jangchisi qo‘lga olindi. U jinoyatda ayblanmoqda

UFC jangchisi qo‘lga olindi. U jinoyatda ayblanmoqda

Amerikalik aralash yakkakurash jangchisi (MMA) Luis Penya talonchilikda gumon qilinib hibsga olingan.

UFC'dagi faoliyati bilan tanilgan 27 yoshli sportchi 18 iyun, juma kuni hibsga olingan. Penya talonchilik va bosqinchilikda gumon qilinmoqda. 16 iyun kuni sportchi ruhiy kasallikka uchraganini tan olgandi.

Penya so‘nggi marta aprel oyida jang qilgan.

Umumiy hisobda Penya to‘qqizta g‘alaba va uchta mag‘lubiyatni qayd etgan. U MMAda ilk bor 2016 yilda ishtirok etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!