UYEFA «Real», «Barselona» va «Yuventus»ga qarshi intizomiy ish ochishini rad etdi

UYEFA «Real», «Barselona» va «Yuventus»ga qarshi intizomiy ish ochishini rad etdi

UYEFA Superliga asoschilari «Real», «Barselona» va «Yuventus»ga qarshi intizomiy ish ochishini rad etdi.

May oyi oxirida Yevropa Superligasi loyihasi tufayli ushbu klublarga intizomiy ish qo‘zg‘atilgandi. Ammo UYEFAning apellyasiya idorasi sud jarayonlarini «xuddi u hech qachon boshlanmagan yoki bo‘lmagan»dek haqiqiy emas deb e’lon qildi.

Bundan tashqari tashkilot kelajakda ushbu jarayonni qayta baholash mumkinligini istisno qilmaydi.

Avvalroq Madrid sudi UYEFA Superliga asoschilarini turnirdan chiqarib tashlay olmaydi, degan qarorga kelgan va klublarga qarshi barcha sanksiyalarni bekor qilishni buyurgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!