UYEFA Yevro-2020 musobaqasida jamoalar qaydnomasidagi futbolchilar soni oshiriladi

UYEFA Yevro-2020 musobaqasida jamoalar qaydnomasidagi futbolchilar soni oshiriladi

UYEFA Yevro-2020 musobaqasida jamoalar qaydnomasidagi futbolchilar 26 nafargacha oshirilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ilgari qaydnomadagi futbolchilar soni 23 ta bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ularning soni rasmiy ravishda 26 kishiga kengaytirildi.  Bundan ko‘zlangan maqsad COVID-19 pandemiyasi sababli yuzaga kelishi mukin bo‘lgan o‘yinchilar yetishmovchiligini oldini olishdir.

Bundan tashqari, UYEFAning ta’kidlashicha, 1 iyun kuni qaydnomalar e’lon qilinigandan keyin ham agarda jamoadan biror futbolchi jarohat olsa yoki koronavirusga chalinsa, jamoa murabbiyi futbolchini boshqa bir sog‘lom hamkasbiga almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Darvozabonlarga kelsak, ular jamoaning tarkibida 1 yoki 2 ta sog‘lom darvozabon bo‘lsa ham, jarohat olgan taqdirda har bir o‘yindan oldin boshqa darvozabonga almashtirilishi mumkin.  Yozib olingan o‘yinchilarni dasturga qayta qo‘shib bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!