Uchquduqda fuqaro foydasiga 197 mln. so‘mlik ish haqi undirib berildi

Uchquduqda fuqaro foydasiga 197 mln. so‘mlik ish haqi undirib berildi

Ayrim holatlarda ish beruvchilar tomonidan xodimlarning ish haqlari va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lab bermaslik holatlari tez-tez uchrab turadi.

Fuqaro SH.X tuman tibbiyot birlashmasida ishlab kelib ish haqini o‘z vaqtida ololmaganligi sababli sudga murojaat qilishga majbur bo‘ldi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudining 15.05.2024 yildagi ijro hujjatiga asosan tibbiyot birlashmasidan 197.239.329 so‘m miqdorida ish haqlari va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Uchquduq tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushdi.

Shu kunning o‘zida davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari boshlab yuborilib, ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilindi va qaror nusxasi tomonlarga yuborildi.

Olib borilgan majburiy ijro harkatlari natijasida esa qarzdordan ish haqlari va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik pullari fuqaro SH.X.ga to‘liq undirib berilib, ijro hujjati amalda ijrosi ta’minlandi.

Bu kabi misollarni ko‘plab davom ettirish mumkin, biroq har bir ish beruvchi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga asosan “Ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’i nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida ko‘rsatilgan muddatlarda to‘lashi shart”ligini unutmasligi lozim.

Ish beruvchi tomonidan xodimlarga ish haqlari o‘z vaqtida to‘lab berilganida edi, fuqarolar sudga murojaat qilib, ovorayu-sarson bo‘lmas edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!