"Twitter"ning ishdan haydalgan xodimalari Ilon Maskni sudga berdi

"Twitter"ning ishdan haydalgan xodimalari Ilon Maskni sudga berdi

Twitter sobiq xodimalari Twitter kompaniyasi va uning yangi rahbari Ilon Maskni sudga berdi. Bu haqda Business Standard xabar bermoqda.

Karolina Bernal Strifling va Uillov Ren Turkal da’vo qilishicha, Twitter’da nomutanosib ravishda ayol xodimlarni qisqartirishni mo‘ljallashgan. San-Fransisko federal sudiga berilgan da’voda aytilishicha, noyabr oyida Twitter kompaniyasida ishlovchi ayollarning 57 foizi ish joyidan ayrilgan bo‘lsa, erkaklar orasida bu ko‘rsatkich bor-yo‘g‘i 47 foizga teng bo‘lgan.

Kompaniya ish joyida jins bo‘yicha diskriminasiyani taqiqlovchi federal va Kaliforniya qonunlarini buzganlikda ayblanmoqda. Strifling va Turkal ta’kidlashicha, qisqartirishlardan keyin kompaniyaning turli bo‘limlarida erkaklar va ayollar sonida farqli nisbat kuzatilmoqda.

Sud jarayoni Maskning kompaniyasi turli yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur tekshiruvlarga uchrashda davom etayotgani munosabati bilan boshlangan. Shu hafta San-Fransisko shahar ma’muriyati kompaniya, go‘yoki, o‘z bosh qarorgohida yotoqxonalar tashkil qilgani haqidagi shikoyatdan keyin kompaniyaga nisbatan surishtiruv olib borgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!