Turkmaniston parlamenti saylovlarida 3,5 millionga yaqin saylovchi qatnashadi

Turkmaniston parlamenti saylovlarida 3,5 millionga yaqin saylovchi qatnashadi

Turkmaniston parlament saylovida ishtirok etish uchun ro‘yxatga olingan saylovchilar soni taxminan 3,5 million nafarni tashkil qildi, deb xabar berdi mamlakat Saylov va referendumlar markaziy komissiyasi.

“Ro‘yxatga olingan uch million 496 ming 475 nafar saylovchidan 13 ming 78 saylovchi xorijiy mamlakatlarda ovoz beradi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ayni paytda ikki ming 644 ta saylov uchastkasi, shuningdek, Turkmanistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari huzurida 41 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Saylovlarni ikki ming 855 nafar milliy kuzatuvchi va BMT, MDH, Turkiy Davlatlar Tashkiloti, Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi kabi xalqaro tashkilotlar vakillari kuzatib boradi.

Xorijiy davlatlar ommaviy axborot vositalari ham ro‘yxatdan o‘tgan.

“Turksvyaz” agentligi 240 ta saylov uchastkasida videokameralar o‘rnatmoqda.

Saylov 26 mart kuni soat 07.00da boshlanib, soat 19.00gacha davom etadi. Ovoz berish jarayoni Saylov va referendumlar markaziy komissiyasining saytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!