Turkiyada suv toshqinidan halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetdi

Turkiya Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu Shonliurfada 12, Adiyamanda 2 kishi hayotdan ko‘z yumgani, 5 kishini qidirish ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.
"Qidiruv ishlarini davom ettiramiz. Zararni aniqlash ishlari darhol boshlandi. Uylar va turar-joylar shikastlangan. Bu yerda sizlarga aytganlarimizni Prezidentimizga ham taqdim etdik, kerakli ko‘rsatmalar oldik", – deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq mamlakatda yuz bergan dahshatli zilzilalar oqibatida qariyb 48 ming kishi halok bo‘lgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)