Turkiyada Markaziy bank raisligiga ayol kishi tayinlandi

Turkiyada Markaziy bank raisligiga ayol kishi tayinlandi

Yaqinda qayta saylangan Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Hafiza Gaye Erkanni Markaziy bank rahbari lavozimiga tayinladi.

Turkiya tarixida birinchi marta bu lavozimni ayol kishi egalladi. Gaye Erkan Prinstonda tahsil olgan, uzoq vaqt AQShda yashagan va Goldman Sachs, Marsh McLennan va First Republic Bank kabi kompaniyalarda ishlagan.

Hozir ekspertlar so‘nggi to‘rt yil ichida to‘rt marta raisi o‘zgargan Markaziy bankda yangi rahbar qanchalik mustaqil siyosat olib borishi bilan qiziqmoqda.

Erkanning Markaziy bank rahbari lavozimiga tayinlanishi tahlilchilar tomonidan so‘nggi kunlarda kutilgan edi. Rajab Toyyib Erdo‘g‘on oxirgi saylovlarda atigi 4 foiz ko‘proq ovoz bilan ikkinchi turda g‘alaba qozongach, hukumat tarkibini o‘zgartirdi. O‘shandayoq kuzatuvchilar “Erdo‘g‘on to‘liq nazorat qila olmaydigan yagona muammo bu — iqtisod” deya qayd etishgandi.

Hozir kuzatuvchilar Erkan xonimning Markaziy bank rahbari etib tayinlanishi mamlakat rahbariyati iqtisodiy yo‘nalishini o‘zgartirib, inflyasiyaga qarshi kurashda yuqori foiz stavkalarini qo‘llashidan darak emasmi, degan savolni berishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!