Turkiya va Isroil o‘rtasidagi savdo nol qiymatga yetdi
Global savdo bo‘yicha ma’lumot to‘plashga ixtisoslashgan Comtrade platformasi ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya va Isroil o‘rtasidagi savdo hajmi 2024 yil iyun oyida nolga tushdi.
Joriy yilning may oyida Turkiya G‘azo sektoridagi urush tufayli Isroildan barcha tovarlar importi va eksportini to‘xtatdi. Shu bilan birga, bir oy avval Turkiya Savdo vazirligi Tel-Avivga qarshi savdo sanksiyalarini joriy qilgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)