Turkiya prezidenti administrasiyasi Kommunikasiyalar boshqarmasi “Hello Türkiye" loyihasi

Turkiya prezidenti administrasiyasi Kommunikasiyalar boshqarmasi “Hello Türkiye" loyihasi

Kommunikasiyalar boshqarmasi mamlakat milliy va xalqaro nomining «Türkiye» sifatida ishlatilishini xalqaro ommaviy axborot vositalarida yanada samaraliroq targ‘ib qilish maqsadida “Hello Türkiye" loyihasini boshladi.

Turkiya prezidenti administrasiyasi Kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun: «Turkiya har sohada bo‘lgani kabi til va muloqotda ham o‘zligi va nomini mustahkamlamoqda. Turkiya brendini mustahkamlash uchun Turkiya Brend Ofisini barpo etamiz. Albatta, bizni jamiyatimizning barcha qatlamlari e’tiborli bo‘lib qo‘llab-quvvatlashlari juda muhim. Biz integrasiyalashgan holda harakat qilib, Turkiya brendini butun dunyoda yanada mustahkamlay olamiz».

Turkiya prezidenti administrasiyasi Kommunikasiyalar boshqarmasidan mamlakat milliy va xalqaro nomining «Türkiye» sifatida ishlatilishini xalqaro mediada yanada samaraliroq e’lon qilish maqsadida «Hello Türkiye» loyihasiga start berdi.

Turkiya brendini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlar doirasida tayyorlangan targ‘ibot videosi Kommunikasiyalar boshqarmasining ijtimoiy media kanallarida e’lon qilindi.

Videoda Turkiyaning turli hududlaridagi xorijlik sayyohlarning o‘z talaffuzlarida «Hello Türkiye» degan tasvirlar mavjud.

Yuqorida tilga olingan video global influnserlarning #hello Türkiye xeshteglari bilan ijtimoiy media postlari orqali ko‘plab mamlakatlarda yoyilmoqda.

Loyiha chet elliklarning ijtimoiy tarmoqlarda mamlakatimiz nomini turli tillarda har xil ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaslik orqali «Türkiye» so‘zini ishlatishni maqsad qilgan. Shu nuqtai nazardan, Kommunikasiyalar boshqarmasi qoshida faoliyat yuritayotgan xorijdagi matbuot maslahatchilari ham loyihaning tarqalishi ustida ishlamoqda.

Kommunikasiyalar boshqarmasi boshlig‘i Fahrettin Altun, mavzuga oid bayonotida dekabr oyida Prezident Rajap Tayyip Erdog‘anning imzosi bilan xalqaro ommaviy axborot vositalarida mamlakatning nomini faqat «Türkiye» sifatida ishlatish uchun bir nizom ishlab chiqilganini eslatdi va bu qaror nutq birligini ta’minlash va xalqaro maydonda Türkiye brendini mustahkamlash maqsadiga qaratilgan muhim qadam ekanligini ta’kidladi.

Altun Turkiya har sohada bo‘lgani kabi til va muloqotda ham o‘zligi va nomini mustahkamlaganiga diqqat qaratdi.

«Turkiya brendini birgalikda mustahkamlaymiz»

Turkiya brendini mustahkamlash uchun Turkiya brend ofisi (Türkiye Marka Ofisi) tashkil etilishini tilga olgan Altun bu ofis Turkiyaning global brend nomi bo‘yicha faoliyat olib borishini va mamlakat imiji hamda brend qiymatining kuchayishiga hissa qo‘shishini bildirdi.

Ushbu idoraning xususiy sektor va davlat muassasa va tashkilotlari bilan birgalikda ish olib borishiga e’tibor qaratgan Altun, “Albatta, buning uchun jamiyatimizning har bir qatlami vakillari alohida e’tibor bilan bizga yordam ko‘rsatishi juda muhim. Jamoat tashkilotlarimiz, nodavlat-notijorat tashkilotlarimiz, ilmiy doira vakillarimiz va matbuotimiz o‘z faoliyatlari, yozishmalari, qatnashayotgan tadbirlarida mamlakatimiz nomini «Türkiye» deb qo‘llashi va talaffuz qilishi biz uchun katta ahamiyat kasb etadi. Integrasiyalashgan holda harakat qilib, Turkiya brendini butun dunyoda yanada mustahkamlay olamiz” - deb ta’kidlab o‘tdi.

Nizomjon Islomov tayyorladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!