Turkiya global kiber josuslik tarmog‘ini fosh qildi
Turkiya Milliy razvedka tashkiloti (MİT) global kiber josuslik tarmog‘ini yo‘q qilish uchun muvaffaqiyatli operasiya o‘tkazdi. Operasiya mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda Anqara prokuraturasi rahbarligida o‘tkazildi.
Xavfsizlik manbalariga ko‘ra, tarmoq butun dunyo bo‘ylab minglab odamlar, jumladan Turkiya fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlagan. Uzoq davom etgan tergov davomida jinoiy guruh xalqaro aloqalarga ega ekanligi va o‘g‘irlangan ma’lumotlarni turli tashkilotlar, jumladan, terrorchi tashkilotlar bilan bo‘lishib kelgani aniqlangan.
Operasiya natijasida 11 nafar gumondor qo‘lga olinib, qamoqqa olindi. Jinoiy tarmoq bilan bog‘liq ko‘plab veb-saytlar ham yopilgan. Hozirda tergov davom etmoqda.