Turkiya 2023 yil oxirigacha Shvesiyaning NATOga qabul qilinishini ma’qullashi mumkin

Turkiya 2023 yil oxirigacha Shvesiyaning NATOga qabul qilinishini ma’qullashi mumkin

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan Bryusselda NATO tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari bilan maslahatlashuv chog‘ida Shvesiya arizasini ratifikasiya qilish muddatini e’lon qilgan. Bu haqda Reuters ismini oshkor qilmaslik sharti bilan AQSh Davlat departamenti vakiliga tayanib yozmoqda.


Men shuni aytamanki, uchrashuv natijasi bu yil oxirigacha Turkiya parlamenti tomonidan Shvesiya arizasini ratifikasiya qilish bo‘yicha bayonot bilan yakunlandi, — deydi manba.


Taxminan ikki hafta oldin Reuters agentligi Turkiya parlamentining Tashqi ishlar qo‘mitasi Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish istagini muhokama qilishni qo‘shimcha tekshiruv zarurligi sabab, keyinga surgani haqida xabar bergan edi.

Shvesiyaning NATOga kirishini ratifikasiya qilish Turkiya parlamentida ovozga qo‘yilishi uchun komissiyaning roziligi zarur. Turkiyadan tashqari, Vengriya Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini hali Vengriya bosh vaziri Orban sentyabr oyi oxirida Budapesht bu masalani hal qilishga shoshilmasligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!